SICHUAN UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIKKA ERISHILDI

27.09.2024

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Xitoyning Sichuan universiteti o’rtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda.

Jumladan, almashinuv dasturlari va qo’shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, imiy tadqiqot sohasida hamkorlik qilish, professor-o’qituvchilar malakasini oshirish, qishki va yozgi maktablarni tashkil qilish kabi hamkorlik nuqtalarini O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov va hamkor universitet Vitse-Prezidenti Lee Yoo Bin xonim muhokama qildilar.

Suhbat davomida Lee Yoo Bin xonim Qo’shma institut ochish va O’zDJTUning Pedagogik universitetlar assosiatsiyasiga a’zo bo’lishini taklif qildi. Ta’kidlanishicha, assosiatsiyaga a’zo bo’lish ko’plab imtiyozlarga erishish, grant va boshqa xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun: Sichuan universiteti XXRning yetakchi universitetlaridan bo’lib, ushbu OTMda 47 000 nafar talaba va 3 000 dan ortiq professor-o’qituvchilari bor. U klassik universitet bilan 12 ta tarmoqlar orasida pedagogika sohasida kadrlar tayyorlash asosiy faoliyat yo’nalishidan biri hisoblanadi. Universitet biruvchilarining 60 foizi Sichuandagi maktablar rahbarlaridir. Muhandislik yo’nalishida ham muayyan yutuqlarga erishgan ushbu universitetda ko’plab akademiklar faoliyat olib boradi. Turizm va mehmonxona instituti mamlakat uchun sayyohlik sohasi uchun malakali kadrlar yetistirib beradi. Angliya va Italiya universitetlari bilan qo’shma ta’lim dasturlarini amalga oshiradi. 4 ta Konfusiy instituti va 2 ta Konfusiy maktabi ta’sischisi hisoblanadi. Sichuan universitetida 2500 nafar xorijiy talaba, shulardan 1500 nafari grant asosida tahsil oladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

8 + 6 =