“SIFATLI TA’LIM VA INNOVATSIYALAR – BARQAROR KELAJAK ASOSI” | XALQARO KONFERENSIYA

05.07.2023

2023-yilning 3-7 iyul kunlari Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur xalqaro haftalikning bosh maqsadi – xorijiy va milliy ekspertlar, tahlilchilar o‘rtasida Yangi O‘zbekistondagi demokratik islohotlar, ularning mohiyati, erishilgan yutuqlar va navbatdagi dolzarb vazifalar, mamlakatda vujudga kelayotgan mutlaqo yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy makon va muhit, davlat tashqi va ichki siyosatining ustuvor vazifalari to‘g‘risida fikr almashishdan iborat.

Jahon hamjamiyatining diqqat-e’tiborini tortgan mazkur nufuzli xalqaro anjumanda dunyoning qariyb barcha qit’asidan, ya’ni 60 dan ziyod  mamlakatdan 450 dan ortiq davlat va siyosat arboblari,  yirik biznes vakillari, ekspertlari, shuningdek, qator xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etmoqda.

Xususan, xalqaro haftalikning uchinchi kuni Toshkent shahridagi Event Hall tadbirlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Sifatli ta’lim va innovatsiyalar – barqaror kelajak asosi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovga so‘nggi besh yillik islohotlar natijasida respublikada ta’lim sifati va qamrovini oshirish hamda rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta’minlash, ilmiy-innovatsion faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, mamlakatning innovatsion salohiyatini shakllantirish va yanada takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha samarali mexanizmlar yaratilganini ta’kidladi.

Innovatsiya va ilm-fan sohalariga davlat budjetidan ajratiladigan yillik mablag‘lar hajmi 3 barobarga hamda loyihalarni moliyalashtirish xajmi 3,5 barobarga oshirildi. Startap ekotizimini shakllantirish borasida 19 ta innovatsion infratuzilmalar tashkil qilindi, startap-loyihalarga grant mablag‘larini ajratish, startap jamoalarini akseleratsiya va inkubatsiya dasturlaridan o‘tish tizimi joriy etilib, umumiy qiymati 105,7 mlrd so‘mlik 136 ta startap loyihalari moliyalashtirildi. Ilmiy-texnik ishlanmalarni joriy qilish va tijoratlashtirishda yangi mexanizmlar joriy etilishi natijasida 455,1 mlrd. so‘m miqdorida ilmiy ishlanmalar tijoratlashtirildi.

Bundan tashqari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy darajasiga ega xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari 3,2 barobarga oshirildi hamda qo‘shimcha haq to‘lash tartibi joriy etildi. Natijada, O‘zbekiston jahon mamlakatlarining innovatsion rivojlanish tendensiyalarini belgilab beradigan Global innovatsion indeks reytingida 132 mamlakat orasida 2022 yilda 82 o‘rinni egalladi (2015-yilga nisbatan 40 pog‘ona yuqoriladi, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari orasida 3 o‘rinni egalladi.)

Mamlakatda kreativ iqtisodiyotni shakllantirishda yangi ish o‘rni yaratishdan boshlab iqtisodiy qiymat (kapital) yaratishgacha bo‘lgan «tarmoq-hudud-ilmiy/oliy ta’lim tashkilot” uzluksiz ekotizimni rivojlantirish maqsadida Yangi O‘zbekistonda innovatsion rivojlanish strategiyasi qabul qilindi. Mazkur Strategiyaga asosan 2030-yilga kelib O‘zbekistonni Global innovatsion indeks reytingida dunyo bo‘ylab Top-50 mamlakatlar qatoriga kiritish asosiy vazifa sifatida belgilab berilgan.

Yangi O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasi” panel sessiyasida “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi xalqaro eksperti Yerbol Suleymenov, Energetika va yangi materiallar sohasida xalqaro ekspert (Hindiston) Bashir Chanbasha,–“Nexus Innovation Hub and Incubator” kompaniyasi direktori va asoschisi (AQSh) Erik Ajulay ma’ruzalar bilan chiqib, mavzu yuzasidan fikr va mulohazaalarini bildirdilar. Xususan, 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish jarayoni moslashuvchanlikni hamda global tendensiyalarni hisobga olgan holda ilm-fan va innovatsiyalarning hozirgi holatini doimiy ravishda baholashni talab qilishi ta’kidlandi. Shu sababli, ushbu yo‘nalishda muntazam ravishda tadqiqot va izlanishlarni olib borish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Dunyodagi o‘zgarishlar va o‘z ehtiyojlariga mos ravishda yanada samarali rivojlanish strategiyasini yaratishi uchun respublikaning bugungi holatini xolis baholash muhim ahamiyatga ega.

Oliy ta’lim tizimi islohoti: zamonaviy muammolar va tendensiyalar” mavzusidagi panel sessiyada Toshkentdagi Vebster universiteti akademik rektori Vassilis Polimenis, Toshkentdagi British menejment universiteti rektori Konrad Ozog, Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti prorektori Maykl Klark hamda Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turabdjanov qatnashdilar.

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida o‘tgan 6 yil mobaynida oliygohlar soni 77 tadan 210 taga yetkazilib, ularga qabul 3,5 baravarga ortgani, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 39 foizga oshirilganiga yuqori baaho berildi. Xususiy sektorni jalb qilish orqali 65 nodavlat oliy ta’lim muassasalari tashkil etilgani, xorijiy oliy ta’lim muassasalari soni 30 taga, davlat oliy ta’lim muassasalari 115 taga yetkazilgani ta’kidlandi. Yevropaning ECTS – European Credit Transfer and Accumulation System tizimi asosida oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoni kredit-modul tizimiga o‘tkazil, 41 ta oliygohlarga akademik va moliyaviy mustaqillik berilgani qayd etildi. Shuningdek, oliy ta’lim tizimidagi davlat ta’lim standartlari UNESCO tomonidan joriy etilgan “Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi” va “TXSK: Ta’lim va kasbiy tayyorlash sohalari” asosida qayta ishlab chiqildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlandi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib ta’lim jarayoniga tatbiq etildi.

So‘nggi olti yilda oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorlik va grant dasturlari doirasida 8 636 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuborilgan. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish maqsadida 7 385 nafar xorijlik mutaxassislar o‘quv jarayoniga jalb qilindi.

Global innovatsiya indeksi – innovatsiyaviy rivojlanish o‘lchovining mezoni: dunyo tajribasi” nomli panel sessiyada Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Kongratbay Sharipov, Xalqaro ekspert (AQSh )Kendrik Vayt, Xalqaro menejmentni rivojlantirish va salohiyatni oshirish bo‘yicha maslahatchi (Shveysariya) Marlon Lezama, Qozog‘iston Texnologiyalarni tijoratlashtirish bo‘yicha ekspertlari uyushmasi kengashi a’zosi Abilay Akimbekov chiqish qililar. Unda Mamlakatda olib borilayotgan ochiqlik siyosati, ilm-fanga berilayotgan e’tibor hamda innovatsion salohiyatni yaxshilashga qaratilgan ishlarning natijasida Global Innovation Index 2022 reytingida O‘zbekiston ilk marotaba innovatsion rivojlanish bo‘yicha Markaziy Osiyoning yetakchisiga aylandi, jahon reytingida yana 4 pog‘onaga ko‘tarilib, 82-o‘rinni egallagani haqida so‘z bordi.

Oliy ta’lim va innovatsion tarraqiyot” mavzusidagi panel sessiyada esa Jahon bankining eksperti (Fransiya) Jan Jak Roes, SwissNewater kompaniyasi raisi (Shveysariya) Klod Begle, Intellektual mulk bo‘yicha xuquqiy maslahatchi va loyiha menejeri, Red Sea Farms (RSF) MChJ (Saudiya Arabistoni) Abay Jangabilov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Mahkamov ma’ruzalari bilan chiqish qildilar.

Unda so‘nggi 6 yilda respublikamizda ilmiy darajali pedagoglar ulushi respublika bo‘yicha 32,7 foizdan 39,3 foizga o‘sgani qayd etildi

Innovatsiya va ilm-fan sohalariga davlat budjetidan ajratiladigan yillik mablag‘lar hajmi 3 baravarga hamda loyihalarni moliyalashtirish xajmi 3,5 barobarga oshirildi. Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy darajasiga ega xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari 3,2 barobarga oshirildi hamda maqsadli ko‘rsatgichlarga asosan xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi joriy etildi. Ilmiy tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasi tubdan yangilandi, 5 yil davomida ularga jami 160,16 mlrd.so‘m bo‘lgan 272 turdagi laboratoriya asbob-uskunalari yetkazib berildi.

Ilm-fan va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish tizimi diversifikatsiya qilindi, 2018-2022 yillar davomida sanoat korxonalari va xususiy sektordan fan va innovatsiyalarga ajratilgan mablag‘lar 3 barobarga ko‘paydi, 2022 yilda (954 mlrd. so‘m sarflandi) davlat tomonidan moliyalashtirishdan (ajratilgan 591 mlrd so‘m) 1,6 baravarga oshdi. 2018-2022 yillar davomida doktoranturaga ajratilgan kvotalar soni 7,1 barobarga oshdi va 2022 yilda 3 600 taga yetkazildi. Oliy ta’limdan keyingi ta’limga tayyorgarlik bosqichi sifatida stajor-tadqiqotchilik instituti joriy etildi va 1 200 ta yosh olimlar qamrab olindi.

edu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × 4 =