“STIPENDIUM HUNGARICUM” VENGRIYA STIPENDIYALARI DASTURIDA QATNASHISH UCHUN HUJJATLAR QABUL QILINMOQDA

19.12.2023

Vengriya hukumati tomonidan e’lon qilingan “Stipendium Hungaricum” stipendiya dasturiga ariza topshirishning oxirgi muddati — 2024-yil 15-yanvar, 14:00 (Markaziy Yevropa vaqti).

Ushbu stipendiya dasturi doirasida Vengriya tomoni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun 2024/2025-o‘quv yilida quyidagi tartibda jami 170 ta ta’lim grantlarini taqdim etadi:

  • 20 ta o‘rin – bakalavriat;
  • 10 ta o‘rin — bakalavriat magistratura bilan birlashtirilgan, ya’ni, hujjatlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha topshiriladi, unga magistratura (One tire master) ham kiradi, o‘qish muddati ta’lim yo‘nalishiga qarab 5 yoki 6 yil;
  • 60 ta o‘rin – magistratura;
  • 60 ta o‘rin – doktorantura (PhD);
  • 20 ta o‘rin — Jismoniy tarbiya universitetida o‘qish uchun (Budapesht shahrida).

Grantlardan Vengriya universitetlarida qisqa muddatli kurslar uchun ham foydalanish mumkin.

O‘zbekiston tomonidan muvofiqlashtiruvchi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

Batafsil ma’lumot.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

12 − eight =