“STUDY IN UZBEKISTAN” – PR MARKAZI TASHKIL ETILMOQDA

20.04.2019

O‘zbekistonni Markaziy Osiyo davlatlari orasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi markazga (xab)ga aylantirish yo‘lida yana bir ulkan qadam tashlandi. 

Unga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab OTMlar rektorlariga (filiallar direktorlari)ga bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda xorijlik fuqarolarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini tegishli ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassislik bo‘yicha O‘zR fuqarolari uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda mustaqil belgilash huquqi beriladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida “Study in Uzbekistan” (“O‘zbekistonda tahsil ol”) PR-markazi tashkil etiladi.

PR-markazining asosiy vazifalari:

  • jahon axborot makonida O‘zbekistonning oliy ta’lim sohasidagi ijobiy imijini shakllantirish, ilgari surish, ta’lim sohasidagi salohiyatini targ‘ib qilish, axborot materiallarini tayyorlash va b.;
  • diplomatik vakolatxonalar tomonidan PR-markaz bilan O‘zbekiston OTMlari kunlarini tashkil qilish, mahalliy oliy ta’lim muassasalarini faol reklama qilish, taqdimotlar o‘tkazish, axborot materiallari tarqatish va b.;
  • Tashqi ishlar vazirligi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan PR-markazi bilan birgalikda xorijlik fuqarolarni O‘zbekistonda ta’lim olishga keng jalb qilish uchun doimiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi.

Manba: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × 5 =