TALABALAR FRANSIYALIK MEHMONLAR BILAN SUHBATLASHDI

25.09.2024

Samarqand davlat chet tillar institutining Roman-german tillari fakultetida Orient-Voyage sayyohlik firmasi bilan tuzilgan shartnoma asosida Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalari bilan Fransiyadan tashrif buyurgan bir guruh sayyohlar ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Suhbat davomida fransuz tilini o’rganayotgan talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mehmonlardan atroflicha javob olishdi.