TALABALAR UCHUN GRANT DASTUR

25.08.2020 187

Xorijlik talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi Stamps Scholars (https://www.stampsscholars.org/) moliyaviy yordam dasturi o‘zining Strive Foundation grant dasturi orqali AQSh universitetlarida o‘qishni rejalashtirayotgan talabalarga o‘zining grant o‘rinlarini taklif etadi.

Ushbu grant dasturi Stamps Scholars bilan hamkorlikda faoliyat olib boruvchi bir qancha AQSh universitetlari uchun ajratilgan. Hamkor universitetlar ro‘yxati bilan bu yerda tanishib (https://www.stampsscholars.org/our-program/partner-schools/) chiqishingiz mumkin.

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar yiliga 5400-75000 AQSh dollari miqdorida yordami puli bilan ta’minlanadilar.

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi, hamkor oliygoh kurslarining istalgan biriga hujjat topshirish kifoya.

Qo’shimcha ma’lumot uchun info@stampsscholars.org elektron manziliga  murojaat qilishingiz mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.