TALABALAR UCHUN TURIZMNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TANLOV E’LON QILINDI

28.01.2019

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakatimizda ichkiturizmni rivojlantirish, mamlakatimizning boy turizm salohiyatini yoshlar orasida keng targ‘ibqilish maqsadida Tourism challenge (Turizm chorlovi) nomli tanlovni e’lon qildi.
Tanlovda mamlakatimiz ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalaridan iboratjamoalar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Ishtirokchilarning sayohatlari hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi:


•sayohatlarni tashkil etish davri (turizm mavsumi past davrlarga – fevral, mart ustunlik beriladi); 
•sayohatlarning umumiy masofasi;
•sayohatlar marshrutlarining yangiligi va o‘ziga xosligi (kreativligi);
•sayohatlarning davomiyligi (ketma-ketligi);
•sayohatlar soni;
•sayohatchilar soni;
•sayohatlarning OAVda yoritilganligi (soni va OAV turi);
•sayohatlarning ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatilishi (qancha foydalanuvchi ko‘rganligi);
•sayohat davrida olingan foto surat va video materiallarning sifati.


Tanlov g‘oliblari oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari bo‘yicha alohida aniqlanadi va e’lon qilinadi.
Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadilar:


1-o‘rinlar: Qo‘shni ikkita mamlakatga 7 kunlik sayohat uchun 6 kishilik (sayohatlarni tashkil etishda eng faol qatnashgan va keng yoritgan ishtirokchilar) yo‘llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (100 dona);

2-o‘rinlar: Qo‘shni bitta mamlakatga 5 kunlik sayohat uchun 6 kishilik (sayohatlarni tashkil etishda eng faol qatnashgan va keng yoritgan ishtirokchilar) yo‘llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (50 dona);

3-o‘rinlar: O‘zbekistonning 3 ta shahriga 5 kunlik sayohat uchun 6 kishilik yo‘llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (50 dona) bilan taqdirlanadi.
Batafsil ma’lumotlarni www.tourchallenge.uz sayti hamda +998951933402 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eighteen + four =