TALABALAR VA SOHA MUTAXASSISLARI UCHUN MO’LJALLANGAN «TURK TILI» DARSLIGI NASHR ETILDI

13.07.2020

TDShUning “Tarjimashunoslik va xalqaro  jurnalistika” kafedrasida turk tilining yetuk mutaxassisi, katta o‘qituvchi Mehriniso Qayumova muallifligidagi «Turk tili» darsligi nashr etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqashtiruvchi kengashning 2020-yil 14-fevral 1-sonli qaroriga binoan 2020-yil 4-maydagi dagi 285-sonli buyrug‘iga asosan nashrga ruxsat etilgan (№285-48-sonli guvohnoma) hamda Mualliflik huquqi deponentlangan (muallif guvohnomasi №002282 07.07.2020) mazkur “Turk tili” darsligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalaridagi “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Jurnalistika” hamda “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishida turk tilini asosiy sharq tili sifatida o‘rganayotgan 1-kurs talabalari uchun  mo‘ljallangan bo‘lib, kitobdan respublikamiz universitetlarida turk tilini o‘rganayotgan bakalavriat yo‘nalishi talabalari va soha mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × 3 =