TALABALARGA STIPENDIYA TO‘LASHNING YANGI TARTIBI JORIY QILINDI

06.02.2020

Hukumatning yangi qaroriga muvofiq, 2020-yil 1-fevralidan boshlab, talabalarga yangi tartib asosida stipendiya tayinlanadi. Unga ko‘ra:

  • davlat granti, shuningdek, stipendiyali to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar qat’iy belgilangan 428 000 so‘m miqdoridagi bazaviy stipendiya bilan ta’minlanadi;
  • o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan faqat “a’lo” o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ega (reyting ko‘rsatkichi – 86 ball va undan yuqori) bo‘lgan davlat granti, shuningdek, stipendiyali to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning stipendiyasi bazaviy stipendiyaga nisbatan 20 foizga oshirilgan holda belgilanadi;
  • o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari “a’lo” baho (reyting ko‘rsatkichi – 86 ball va undan yuqori) bo‘lgan, stipendiyasiz to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar stipendiya bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi;
  • alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo‘lgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha talabalar belgilangan stipendiyalarga nisbatan qo‘shimcha ravishda 50 foizgacha miqdorda rag‘batlantiriladi;
  • xalqaro, respublika va oliy ta’lim miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari g‘oliblari, shuningdek oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda (kasalligi yoki oila a’zolarining vafoti kabi) talabalarga bazaviy stipendiyaga nisbatan 10 baravargacha miqdorda bo‘lgan bir martalik rag‘batlantirish yoki moddiy yordam beriladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eleven − 7 =