TALABALARGA STIPENDIYALI VA STIPENDIYASIZ TO‘LOV-KONTRAKT MIQDORLARINI TO‘LASH IMKONI YARATILDI
06.09.2019Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin, deb xabar bermoqda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi.
Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.
Misol uchun, Bakalavriatning Pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:
- Stipendiya bilan – 10 792 960 so‘m (Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida);
- Stipendiyasiz – 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m – 4 800 000 so‘m).
Izoh: 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik to‘lanadigan stipendiya miqdori 400 000 so‘m etib belgilanadi.
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2019-yil 1-avgustdan boshlab 634 880 so‘m etib belgilangan. (Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-iyuldagi PF-5765-son Farmoni)
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.