TA’LIM OLISH NIMA UCHUN MUHIM?

04.04.2024

Yoshlik davrimizdanoq har birimizga oilamizda, keyinchalik bog‘cha va maktablarda ta’lim beriladi. Xo‘sh, ta’lim olish nima uchun bu qadar muhim, deb o‘ylaysiz? Mazkur maqola orqali ta’lim olishning muhimligi sabablari xususida so‘z yuritamiz.

1. Ta’lim — barqarorlik garovidir.

Ta’lim olish hayotingizdagi eng zarur bilimlardan biridir. Bu orqali siz kelajakda o‘z kasbingiz va martabangizga ega bo‘lishingiz mumkin. Ta’lim, bir so‘z bilan aytganda, siz uchun yangi eshiklarni ochuvchi vositadir.

2. Ta’lim olish orqali moliyaviy barqarorlik ta’minlanadi.

Sifatli ta’lim kelajakda siz uchun yuqori maoshli kasb egasi bo‘lishingiz uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

3. Tenglik uchun zarur.

Agar barcha uchun ta’lim olishda teng imkoniyatlar taqdim etilsa, ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi tafovut ham kamayadi.

5. Ta’lim olish orqali orzularingiz tomon qadam tashlaysiz.

Har bir inson hayotda o‘z oldiga maqsad qo‘yib yashaydi. Bu orzu maqsadlariga erishishda esa ta’limning o‘rni beqiyos bo‘lib, u orqali siz o‘z orzularingiz sari qadam tashlay boshlaysiz.

7. Ishonch belgisi

O’ziga ishonch – hayotda muvaffaqiyat qozonishning asosiy kalitidir. Nima deb o‘ylaysiz, o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchga erishish uchun ta’limdan ko‘ra yaxshiroq yo‘l bormi? Bilim olish orqali siz o‘z fikrlaringizni asoslash va jamiyatda o‘z o‘rningizga ega bo‘lishdek mavqega erishasiz.

8. Jamiyatning bir qismiga aylanasiz.

Bugungi jamiyatda bilim olish atrofdagilar tomonidan qabul qilinishning muhim qismi hisoblanadi. Ta’lim olish sizni jamiyatning foydali a’zosiga aylantiradi.

Ta’lim olish uchun yana ko‘plab sabablarni keltirishimiz mumkin. Lekin shuni bilingki, har qanday zamon va makondan qat’i nazar bilim olish sizni yangi marralar, yaxshi yangiliklar tomon yetaklaydi!

Barno NABIYEVA,
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × two =