Joriy yilning 4-dekabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Koreyaning O’zbekistontondagi favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon janoblari hamda Gu Kvan Il (ta’lim va madaniyat ishlari bo’yicha attashe) tashrif buyurishdi. Mehmonlarni O’zDJTU rektori G’anisher Raximov boshchiligidagi universitet vakillari kutib oldilar.
Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad Koreya bilan hamkorlikda ta’lim sohasida istiqboldagi rejalar muhokamasi bo’lib, rasmiy uchrashuv davomida tomonlar bir qancha masalalarni ko’rib chiqdilar.
Jumladan, ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish; Koreya OTMlari bilan hamkorlik aloqalarni yanada rivojlantirish; jurnalistika fakultetini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlash bo’yicha loyihani amalga oshirish; talabalar, magistrantlar, doktorantlar almashinuvini rivojlantirish; professor-o’qituvchilarni malaka oshirishga yuborish; hamkorlikda konferensiya, seminar-trening va master-klasslar tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.