TA’LIM VA TEXNOLOGIYA KELAJAGI

29.03.2021

Hozirgi kunda ta’lim texnologiyalarining yutuqlari u qadar hayratlanarli narsa emas. Biroq ushbu sohada yuzaga kelgan o’zgarishlar o’qituvchilarga bugungi yoshlar uchun ajoyib ta’lim tajribalarini yaratish imkoniyatini beradi. Endilikda, ta’lim sohasi ijobiy burilishlar cho’qqisida. Yangi texnologiyalar esa talabalarning bilim olishini yanada oson va tez bo’lishini ta’minlamoqda.

  O’sib borayotgan ta’lim va texnologik tendensiyalar

So’rovnoma natijalari ko’rsatmoqdaki, zamonaviy texnologiyalarning raqamli kontentlari 2026-yilga qadar o’qituvchilarning 75% darsliklari o’rnini bosadi.

Shuningdek, o’qituvchilar o’quv mashg’ulotlarini o’yin orqali videoga aylantiradigan resurs bilan tajriba o’tkazmoqdalar. Shu kunga qadar bu tizim o’quvchilarni jalb qilib kelmoqda.

Ishlab chiquvchilar o’quv dasturlarini o’quvchilarning tushunish darajasiga asoslangan o’qish metodikalarini yaratdilar. Shu bilan birga, ayni paytda ta’lim olayotgan soha mutaxassislari ko’plab sirtqi va malakaviy ta’lim uchun ham onlayn dasturlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’libgina qolmay, ushbu manbalar o’quvchilari uchun ham, universitet darajalarida ham keng qo’llanilmoqda.

Haqiqatan, ta’limni onlayn olib borish har qachongidan ham ko’proq qulayliklar va ta’lim imkoniyatlarini bermoqda. Onlayn ta’limning qulay bir tomoni — talabalar haftasiga yetti kun, 24 soatning o’zlari uchun qulay qismida uydan turib ta’lim olishi mumkin va natijada ular o’zlarini qiziqtirgan deyarli har qanday mavzu haqida bilib olish imkonini oladilar.

Onlayn ta’lim 2017-yilga qadar ta’lim uchun zararli va foydasiz deb qaralgan. Endilikda bu ta’lim uslubi rahbar va o’qituvchilar tomonidan ma’qullanmoqda. Natijada, ishlab chiquvchilar o’zlarining bor e’tiborlarini kelajakdagi bu ta’lim yo’nalishiga qaratmoqdalar.

  Ta’lim sohasida yosh avlod uchun nimalar kutilmoqda?

Ta’lim sohasida paydo bo’lgan yana bir yangi atama– bu “Crowdsourced (jamoaviy) repetitor”likdir. Bu amaliyot o’quvchilarning yaxshi ta’lim olishi, aql-idroki va xulq-atvoriga ta’sir qilishda muhim omildir. Texnologik yangiliklarda, ta’lim sifatini yaxshilashda o’qituvchilarga autizm spektri buzilgan (ASB) talabalar uchun ko’maklashish vazifalari ham yuklatilgan. Buning natijasida ta’lim jarayonida texnologiyalarga bo’lgan talab ortib bormoqda.

O’qituvchilar o’quvchilarning aql-idrokini rivojlantirish uchun ularning o’z tanlovi va intilishi haqida aniq yo’nalishlarni belgilab berishga yordam beradi.

Ta’limning barcha turi kelgusida zaruriy ahamiyat kasb etuvchi sohalardan bo’lib qolishi shubhasizdir. Shu narsa aniqki, barcha toifadagi shaxslar texnologiyaga moslashishi, o’rganishi va o’zlari ham shu sohada izlanishlari kerak bo’ladi.

Javliyeva Nilufar tayyorladi
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × 4 =