«TA’LIMDAGI XALQARO TADQIQOTLARNING YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI» MAVZUSIDA XALQARO KONFERENSIYA TASHKIL ETILDI

14.04.2022

«Ta’limdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni» mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Joriy yilning 13-aprel kuni Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bosh kotibining Ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi, PISA dasturining tashabbuskori va rahbari Andreas Shlyaxer ishtirokida «Ta’limdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni» mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Konferensiya doirasida viloyat hokimligi hamda oliy ta’lim muassasalari mas’ullari ishtirokida uchrashuv ham tashkil etildi va unda ta’lim tizimini takomillashtirishda PISA-2022 baholash dasturining ahamiyati va kutilayotgan natijalar, inson kapitalini rivojlantirish, O‘zbekistonning xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish holati hamda istiqboldagi rejalar va boshqa qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, «Ta’limdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni» mavzusida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Bosh kotibining ta’lim siyosati bo‘yicha maslahatchisi Andreas Shlyaxer «TALIS-2024 tadqiqotining ta’lim tizimi rivojidagi o‘rni» mavzusida ma’ruza qildi. Jumladan, ta’lim tizimini takomillashtirishda PISA–2022 baholash dasturining ahamiyati va kutilayotgan natijalarga ham alohida e’tibor qaratib o’tildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eight − 4 =