TARJIMASHUNOSLIKNING MUAMMOLARI, YECHIMLARI VA ISTIQBOLLARIGA BAG’ISHLANGAN XALQARO ANJUMAN TASHKILLASHTIRILDI

20.11.2024

20-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakultetida Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi tomonidan “Tarjimashunoslik: muammolar, yechimlar va istiqbollar 2” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Anjuman Xalqaro maydonda ketma-ket yutuqlarga erishib kelayotgan Yangi O‘zbekiston yoshlari, soha mutaxassislari uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

Unda Diplomatiya universitetida tahsil berib kelayotgan Eron Islom Respublikasi professori Zaxra Zaratti, Tarjimonlik fakultetining Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori Akhmad Al-Zubaydi, Yapon filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Noto Kuniyaki, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Schusler Ralph va boshqa ko‘plab universitet professorlari mavzu yuzasidan o‘z ma’ruzalarini taqdim etdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

12 − 1 =