2021-yilning 22–23-aprel kunlari Toshkent shahrida “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tadi.
Forum O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida ikkinchi marotaba tashkil etilmoqda va bu yil videoanjuman shaklida o‘tkaziladi.
Forumning bosh mavzusi “Huquq 4.0” (Huquq to‘rtinchi sanoat inqilobi davrida).
Forumda davlatning huquqiy siyosati, davlat organlarining ochiqligini ta’minlash, LegalTech va LawTech (huquq texnologiyalari), umumiy (ingliz) huquqi tizimi, Koronavirus cheklovlari davrida mediatsiya va arbitraj, intellektual mulk himoyasi, siyosatni amalga oshirish (policy implementation), sudlarning mustaqilligi, adolatliligi va xolisligini ta’minlash hamda boshqa dolzarb mavzularda muhokama sessiyalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, davlat xizmatlari, huquqiy axborotni tarqatish, advokatura va notariatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatlari bo‘lib o‘tadi.
Forumning asosiy tili o‘zbek tili. Ingliz va rus tillariga sinxron tarjima amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun: “Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi ilk marotaba 2019-yilning aprel oyida tashkil etildi. Unda 1 200 nafardan ortiq huquqshunos va boshqa sohalar mutaxassislari ishtirok etib, ulardan 250 nafari 40 dan ziyod mamlakatdan tashrif buyurgan xorijiy ishtirokchilardir. Forum sessiyalarida umumiy hisobda 134 nafar, shundan 100 nafar xorijlik ekspertlar ma’ruza qildilar.
Batafsil ma’lumot https://tashkentlawspring.uz saytida.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.