TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORI BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA MALAYZIYA DAVLATIGA XIZMAT SAFARI DOIRASIDA BIR NECHTA UNIVERSITETLAR BILAN KELISHUVGA ERISHDI

13.02.2024

Joriy yilning 5-10-fevral kunlari Termiz davlat pedagogika instituti rektori boshchiligidagi delegatsiya Malayziya davlatiga xizmat safari doirasida Malayziya Xalqaro Islom Universiteti, Kuala Lumpur Universiteti, Malayziya Kelantan Universiteti va UPSI (Universiti Pendidikan Sultan Idris) Pendidikan Sultan Idris universitetlarida bo‘lishdi.

Tashrif davomida mazkur universitetlar faoliyati, talabalarga yaratib berilgan qulayliklar o‘rganildi va Malayziya Kelantan Universiteti bilan talaba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ilmiy jurnal tashkil etish, yosh o‘qituvchilarni malaka oshirishga jo‘natish maqsadida memorandum tuzishga erishildi.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda Termiz davlat pedagogika instituti 23 ta xorijiy OTM bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bugungacha qo‘shma loyihalar doirasida institutning 58 nafar professor-o‘qituvchisi Qozog‘iston, Rossiya, Polsha davlatlarida malaka oshirib keldi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

12 − nine =