TEST SINOVLARI RESPUBLIKAMIZDAGI 73 TA KATTA SIG‘IMLI YOPIQ BINODA BOSHLANDI

14.07.2024

Bugun test sinovlari respublikamizdagi 73 ta katta sig‘imli yopiq binoda boshlandi. Shu munosabat bilan Oliy taʼlim, fan va  innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov poytaxtda test imtihonlari oʻtkazilayotgan hududlarda boʻlib, test jarayonlarini kuzatdi.

Shuningdek, imtihon topshirayotgan abituriyentlarning yaqinlari uchun tashkil etilgan kutish joyida vazir ota-onalar bilan suhbatlashib, ularning test sinovlarining tashkiliy jihatlariga munosabatlari haqida fikrlari bilan tanishib chiqdi.

Suhbat davomida kuzatuvchilar majmuada salqin joylar, farzandlarini imtihon jarayonida onlayn kuzatib borishlari uchun katta monitorlar o‘rnatilgani va volontyorlar xizmatidan mamnunliklarini bildirishdi.

Ma’lumot o‘rnida, bu yil 805 ming nafardan ziyod abituriyent testlarda ishtirok etishi kutilmoqda. Imtihonlar 25-iyulgacha davom etadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

thirteen − six =