TIL O’RGANISHDA ‘POMIDOR’ USULI HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

25.10.2022

Millionlab insonlarga yordam berayotgan samarali usul “pomodoro” haqida.

Pomidor Texnikasi (yoki Pomodoro Technique) – vaqtdan samarali foydalanish metodi boʻlib, belgilangan vazifaga maksimal eʻtibor  bilan, ortiqcha ruhiy bosimlarsiz  erishish uchun ishlab chiqilgan. Agar siz  qisqa vaqt  ichida o‘z   maqsadingizga ortiqcha  aqliy va jismoniy zoʻriqishlarsiz erishmoqchi boʻlsangiz, unda bu usul aynan siz  uchun.

Jarayon  juda sodda: belgilangan loyihaga sarflamoqchi boʻlgan vaqtingizni qisqa, 25 daqiqalik  bo’limlarga boʻlib olasiz va har bir shunday davrdan keyin kichik, 5 daqiqalik tanaffus qilasiz. Ya̕ ni, 25 daqiqa ishlab, 5 daqiqa dam olasiz, bundagi har bir 25 daqiqa “pomodoro” deb ataladi.

Bu soʻz  italyan tilida pomidor degani boʻlib, bu metodni yaratgan Francesco Cirillo dastlab pomidor shaklidagi oshxona soatidan foydalangani uchun shunday atalgan. Keyinchalik  bu butun jarayon nomiga aylanib ketgan. Har 4 ta “pomodoro”dan  keyin, kattaroq, 15-20 daqiqalik tanaffus qilinadi va ish jarayonidagi kamchilik va yutuqlar yozib chiqiladi.

Pomidor texnikasi samaradorligi nimada?

1. Tadqiqotlarga koʻra, biror bir loyihani amalga oshirishda eng katta toʻsiq bu oʻz-oʻzini nazorat qila olmaslik hisoblanadi. Yuqoridagi metod orqali siz qisqa vaqt ichida kichik vazifalarni bajarishingiz kerak. Bu esa  sizning ishingizni tezroq va ossonroq kechishiga yordam beradi.

2. Ish jarayonda sizga xalal beruvchi va chalgʻituvchi mayda detallar aslida siz oʻylaganizdan koʻproq vaqt va diqqatingizni olib qoʻyadi. Pomidor texnikasi orqali siz tashqi chalgʻishlarni ham nazorat  qilishingiz mumkin. Taymerni 25 daqiqaga qoʻyib ishga kirishganizda oʻzi shundoq ham kam vaqt sizga boshqa tashqi omillarga chalgʻimaslik kerakligini eslatib turadi. Har bir ˮpomodoroˮ dan keyin  qilinadigan 5 daqiqalik tanaffus esa, diqqatingizni yana ishga jamlab olish uchun sharoit yaratib beradi.

3. Bu metod sizni vaqtni qadrlashga oʻrgatadi. Shuningdek, bu jarayon orqali siz oʻz imkoniyatlaringiz haqida chuqurroq bilib olasiz. Bir necha kunlik mashgʻulotlar  natijasida  maʻlum bir ishni udallash uchun sizga nechta “pomodoroˮ kerak boʻlishini aniq bilib olasiz.

4. Pomidor texnikasi – sizni mukammallikka oʻrgatadi. Bunda har bir “pomodoro” yangi bir imkoniyat, avvalgisida qilingan kamchilik va xatolarni keyingisida toʻgʻirlab, samaradorlikni yanada oshirishingizga yordam beradi.

Abdunazarova  Laylo tarjimasi
O’zDJTU, Media va kommunikatsiya fakulteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

10 − 2 =