TIL O‘RGANISHDAGI SARGUZASHTLAR

16.02.2024

Til turli madaniyat va qarashlarga ega bo‘lgan insonlar bilan muloqot qilish va aloqa o‘rnatish imkonini beruvchi kuchli vositadir. Yangi tilni o‘rganish imkoniyatlar eshigini ochishi, dunyoqarashimizni kengaytirishi va dunyo haqidagi tushunchamizni oshirishi mumkin. Ammo til o‘rganish turli kulgili holatlar, anglashilmovchiliklarsiz bo‘lmaydi. Biz siz bilan til o‘rganishdagi sarguzashtlar yoxud bu jarayondagi kulgili vaziyatlar haqida hamda kutilmagan va baʼzan noqulay vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha baʼzi maslahatlar bilan o‘rtoqlashamiz.

Talaffuzda uchrab turuvchi muammolar

Yangi tilni o‘rganishda eng keng tarqalgan muammolardan biri bu so‘zlarning talaffuzini o‘zlashtirishdir. Tovushlardagi nozik farqlar ko‘pincha kulgili tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin. Misol uchun, ingliz tilidagi «live» so‘zini olaylik, bu «leave» so‘ziga o‘xshaydi. Bu so‘zni noto‘g‘ri talaffuz qilish osongina kulgiga sabab bo‘lib, boshqa tinglovchilar tomonidan yaxshi qabul qilinmasligi mumkin. Bunday vaziyatlardan qochish uchun to‘g‘ri intonatsiyadan foydalanish talab etiladi, Unga ega bo‘lish uchun esa talaffuzni muntazam ravishda mashq qilish va ona tilida so‘zlashuvchilarni tinglash muhimdir. Til o‘rganish chalkashliklarining yana bir manbai bu turli tillarda shakldosh so‘zlardan to‘g‘ri foydalana bilmaslikdir.

Misol uchun, ispancha «embarazada» so‘zi inglizcha «embarassed» so‘zi kabi ko‘rinishi mumkin, ammo aslida bu “homilador” degan maʼnoni anglatadi.Siz kimgadir “Xijolat bo‘lmang” deb aytish o‘rniga “siz farzandli bo‘lmaysiz” deb xato qilishni tasavvur qiling. Ushbu lingvistik xatolardan qochish uchun notanish so‘zlar va iboralarni suhbatda ishlatishdan oldin ularning maʼnosini tekshirish kerak.

Madaniyat sabab yuzaga keluvchi vaziyatlar

Madaniy farqlar kulgili holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Imo-ishoralar, tana tili va ijtimoiy odob-axloq qoidalari turli madaniyatlarda farq qiladi va bir mamlakatda to‘g‘ri deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan narsa boshqa mamlakatda qo‘pol yoki noo‘rin deb qaralishi mumkin. Misol uchun, baʼzi madaniyatlarda poyabzalini uyga yechib kirmaslik hurmatsizlik belgisi bo‘lsa, boshqalarda bu hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmasligi mumkin. Biror kishini beixtiyor xafa qilmaslik uchun o‘zingiz o‘rganayotgan tilning madaniy meʼyorlari haqida maʼlumotga ega bo‘lish va o‘zaro munosabatlarga sezgirlik va ochiqlik bilan yondashish juda muhimdir.

Yangi til o‘rganish jarayoni baʼzan kulgili yoki tushunmovchiliklarga to‘la bo‘lishi mumkin bo‘lsada, bu holatlarga eʼtibor bermaslik lozim. Xatolarga yo‘l qo‘yish o‘quv jarayonining bir qismidir va ko‘pincha biz ushbu xatolar orqali o‘sib, rivojlanamiz. Bunday vaziyatlarda hijolat yoki tushkunlikka tushish o‘rniga, yangi narsa o‘rganish va kayfiyatingiz ko‘tarilishi uchun imkoniyat sifatida qarang. Axir, til o‘rganish – bu muvafaqqiyat va muvafaqqiyatsizliklardan iborat, bu yo‘lda kulgiga boy vaziyatlar sizga yo‘l bo‘ylab zerikmay davom etishingizga ko‘mak beradi.

Xulosa qilib aytganda, yangi tilni o‘rganish jarayoni har doim ham silliq ketavermaydi, lekin albatta boshlashga arziydigan sarguzasht. Talaffuzga eʼtibor berish, madaniy farqlarni hurmat qilish orqali siz tasodifiy tushunmovchiliklarni minimallashtirishingiz mumkin. Shunday qilib, keyingi safar tarjimada adashib qolganingizda, vaziyatga tabassum bilan yondashishni, xatolaringizdan saboq olishni va yaxshilanishga intilishni unutmang. Til o‘rganish sarguzashtlaringiz kulgi va lingvistik g‘alabalarga boy bo‘lsin!

Binafsha MUSTAQIMOVA,
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

4 Comments so far

Jump into a conversation
  1. Ra'no
    #1 Ra'no 16 Fevral, 2024, 15:10

    Zo’r chiqibdi👍👍👍

    Reply this comment
  2. Nargis
    #2 Nargis 16 Fevral, 2024, 15:11

    👍👍👍👍

    Reply this comment
  3. Teacher
    #3 Teacher 16 Fevral, 2024, 15:11

    Tabriklar✅✅✅

    Reply this comment
  4. Fazliddin
    #4 Fazliddin 16 Fevral, 2024, 15:12

    Sarguzashtlarga gap yo’q😉😉😉

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

6 − 2 =