TIL O’RGANISHNING DUNYONI O’ZGARTIRADIGAN 20 USULI

11.03.2021

Til o’rganish siz uchun samarali  (ha, ko’p tillarni bilish haqiqatdan ajoyib) bo’lishini anglab yetgan bo’lsangiz kerak, biroq siz bu jarayonning butun dunyo uchun ham foydali — faqatgina sizning hayotingizni o’zgartirmay,  qo’shimcha ravishda madaniyatingizga ham ta’sir etishini bilasizmi?

Bu yerda siz til o’rganish orqali dunyoni o’zgartiradigan eng qiziq 20 usul bilan tanishishingiz mumkin:

1. Oddiy qilib aytganda, odamlar qanchqalik ko’p tillarni o’rgana boshlasa, shunchalik dunyo ahli bir-biri bilan yaxshi kommunikatsiya aloqalarini yo’lga qo’ya oladi va shu yo’l orqali bir-biriga yaqinlashadi. Siz til o’rganishni qayerdan boshlashga ikkilanyapsizmi? Ingliz tili ko’nikmalarini o’zlashtirish uchun  investitsiyangizni kiriting. Bu axir dunyodagi lingua franka-ku (lingua franka – dunyoda o’z ona tilidek qabul qilingan til).

2. Yaxshi aloqalar kamroq xatolar demakdir. Xato tarjimalar biznesda qimmatga tushishi mumkin.

3. Til o’rganish madaniyatlar almashinuvi, jamiyatlar rivojlanishi hamda boshqa insonlarni tushunish va tinchlik uchun g’amxo’rlik qilish — ular uchun nima dolzarbligini  anglash uchun muhim.

4. Bu dunyo bo’ylab xaridorlar va mijozlar uchun barcha turdagi imkoniyat eshiklarini ochadi.

5. Agar siz tilni xorijga borib o’rgansangiz, unda bu ko’nikma kun-u tun yangi til bilan yashash va birgalikda dunyo mamlakatlari fuqarolari bilan ishlash aspekti, kommunikatsiya, ziddiyatlarni hal qilish va muammoni hal qilish tajribalarini sezilarli darajada oshiradi.

6. Qo’shimcha ravishda ikkinchi va uchinchi tillarni bilish sizning hujjat (CV)ingizni boyitadi: ishga qabul qiluvchilar diqqat markazida bo’lgan ajoyib kommunikatorlarni yaxshi ko’rishadi. Buyuk Britaniyada tilni maktabdan o’rganishga chuqur e’tibor berilmaganligi tufayli mamlakat har yili £48 miqdoridan ko’p xalqaro biznes imkoniyatlarini qo’ldan boy beradi.

7. Yangi tajribalar o’rganish (tillar kabi) aqliy sog’lomlik uchun foydali deb topilgan; nerv sistemalarini yaxshilaydi va o’zingizga bo’lgan ishonchning ortishiga sabab bo’ladi.

8. Bu dunyo bo’ylab yangi do’stlar orttirishning eng yaxshi yo’li.

9. … Va professional xalqaro aloqalar sizning kariyerangiz asosisidir.

10. Bu muloyimlik belgisi! Sayohat chog’ida, siz mehmon bo’lgan davlatingiz tilida bir necha so’zlarni bilishingiz aholining e’tiborini tortadi va ularni xursand qiladi. qanchalik siz ko’p gapira olsangiz, tub aholi bilan shunchalik yaxshi tajriba almashishingiz – va shunchalik ko’p munosabat ko’priklarini qurishingiz mumkin.

11. Bu tadqiqotchi va kashfiyotchilar uchun ham boshqa dunyo olimlari bilan barcha ilm, sog’liq va texnologiyalarga doir so’nggi yangiliklarini bo’lishishga yordam beradi. Akademik qog’ozlarning ingliz tilida yozilganligi – ularga tez -tez murojaat qilinishi sababli ham ingliz tili katta ta’sirga ega.

12. Bir necha tillarni bilgan odamlar odatda ajoyib muammolarni yechuvchi kreativlar bo’lishadi, sababi til o’rganish sizning dunyo qarashingizni turli nuqtai nazarlardan o’rgatadi.

13. Jamoaviy hamkorlik orzularning amalga oshishiga xizmat qiladi. Va xalqaro jamoalarni nima tartibga soladi? Ajoyib til qobiliyatini asosan kuchli kommunikatsiya yuzaga keltiradi.

14. Til o’rganish xotirangizni mustahkamlaydi hamda Altsgeymer va demants kabi xotira bilan bog’liq kasalliklar ta’siridan himoya qiladi. Bunday kasalliklar bizning sog’lig’imizga va butun dunyo iqtisodiyotiga bosim o’tkazadi, shuning uchun til o’rganishni rag’batlatirish bizning g’amxo’rlik tizimimizga va yuqoridagi hastalik bilan azob chekayotganlarga ham yordam berishi mumkin.

15. Agar siz mahalliy belgilarni tushunish va odamlardan yordam so’rashga (mahalliy til vositasida) qodir bo’lsangiz, bu sizning sayohatingizni osonlashtiradi. Eng yaxshisi shuki, sayohat eng yaxshi o’qituvchi va u sizni yaxshi insonga aylantiradi.

16. Tillarni o’rganish dunyoni tashkil etadigan turli xil va aql bovar qilmaydigan ko’plab madaniyat va tarixlarga kirish imkoniyatini ochishga yordam beradi va bu ijodiy ilhom manbai bo’lishi mumkin.

17. Turli xil madaniyatlar bir-birlarini tanib, birgalikda ishlashlari natijasida biz maktablarda va ish joylarida, ayniqsa, biznesda xilma-xillikni ko’paytiramiz, bu esa ish samaradorligini va ijodkorlikni oshiradi.

18. Tillarni o’rganish va boshqa madaniyatlar bilan aloqada bo’lish dunyoga ko’proq ishonch va ochiq fikrga ega bo’lishga yordam beradi. Aslida, dunyoning uzoq burchaklaridan kelgan yoshlar orasida o’zlarining «qabilalari» ni topishi mumkin bo’lgan insonlar uchun juda muhimdir. Bu yanada tinch, bog’langan dunyoga hissa qo’shishi orqali muloqotning haqiqiy to’siqlarini bartaraf etadi va bizni boshqalar bilan haqiqatan ham bog’laydi.

19. Bir nechta tillarni o’rganish, ayniqsa, ta’limni siz yoshlikdan boshlasangiz, bu jarayonda miya faoliyati ichki ziddiyatlarni boshqarish va qarorlar qabul qilishda faollik ko’rsatadi. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ikki tilli odamlar yaxshi multitaskerlar(bir necha muammoni tezlik bilan yechuvchi)dir!

20. Ikki va undan ko’p tilni o’rganish salohiyatiga ega insonlar boshqalardan ko’ra ko’proq pul topishadi. AQSh tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, ikki tilda gapira olish har yili oylikning 2% ga oshishiga xizmat qiladi, biroq bu siz qaysi tilda ikkinchi til sifatida faoliyat yuritishingizga ham bog’liq. Masalan: nemis tilida so’zlashish ishlab chiqarish va xalqaro biznes aloqalari uchun ham AQShda zarur bo’lgani uchun nemis tili so’zlovchilari o’rta miqdordan 3.8% ko’proq daromad topish imkonini beradi.

Nuriyaxonim Ulug’bek qizi tayyorladi
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

9 + ten =