TIL SVILIZATSIYASI

28.06.2022

Odamzot birinchi paydo bo’lgan asrlarda imo-ishoralar, toshga yozilgan yozuvlar, raqslar va har xil tovushlar orqali o’zaro muloqot qilishgan. Buni qarangki, vaqt o’tgan sari til ham, muloqot ham rivojlanib bormoqda.

Dunyo yuzida 250 dan ortiq mamlakat bo’lib, so’zlashuv tillari soni 5000 dan ziyodni tashkil qiladi. Albatta, ular o’z ichida turli oilalarga bo’linadi. Birgina turkiy tillar oilasining o’zi 60 dan ortiq milliy tillarni o’z ichiga oladi. Ularning ko’pgina qismi Osiyoda. Turkiy bo’lmagan davlatlarda ham turkiy tilda gaplashuvchilar soni anchagina, jumladan: Xitoy, Afg’oniston, Rossiyaning bir qancha hududlarida, Belorusiya, Mongoliya,Tojikiston va hokazo.

Hozirgi kunda yer yuzida eng ommalashib borayotgan til bu ingliz tili hisoblanadi. Bunga sabab shundaki, ingiliz tili boshqa tillarga qaraganda grammatik jihatdan ham, leksik jihatdan ham ancha o’rganilishi oson til sanaladi. O’rganilishi eng qiyin tillar qatorida Xitoy tili yetakchilik qilsa ajab emas.

Umuman olganda, har bir chet davlatdan kelgan mehmonga “Assalomu alaykum” deb qo’lini ko’ksiga qo’yib yorug’ yuz bilan kutib oladigan o’zimizni mehmondo’st O’zbegimizdan va yoqimli o’zbek tilimizdan qo’ymasin. Nima dedingiz?!!!

Shahboz AKRAMOV
O’zDJTU talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 − 1 =