TILNING 12 TARKIBIY QISMLARI

23.11.2022

Rasmiy foydalanilishidan tashqari tilning davlatning ma’lum hududlarda qo‘llaniladigan o’ziga so‘z, qo‘shimcha va iboralari bor. Qolaversa, ayrim so‘zlar adabiy ko‘rinishda boshqacha va she’vada boshqacha yoziladi. Bu esa o‘z o‘rnida bir tilning bir necha hududlarga doir xilma-xilligini kasb etadi. Natijada tilning tarkibiy qismlarini tushunishda anglashilmovchiliklar yuzaga keladi. Ushbu maqola orqali siz tilning 12 ilmiy tarkibiy qismlari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin bo‘ladi.

1. Argot

Argot yoki agro – bu asosan sherikchilik aloqalarini yashirish uchun ishlab chiqilgan til. Bu atama norasmiy jargonga nisbatan ham erkin qo‘llaniladi. Tilshunoslar tomonidan agro “professionalism” deb ham ataladi. Agrolardan kundalik foydalanish ba’zida atamalarning bir-birining o’rnida ishlatilishiga yordam beradi. Bir so‘zning o‘rnida boshqa so‘z bilan kelgan atama boshqa bir ma’noni ifodalaydi. Ma’lum bir guruh yoki sinf tomonidan qo‘llaniladigan va asosiy jamiyat tomonidan keng tushunilmaydigan har qanday maxsus lug‘at yoki iboralar to‘plami agrodir.

2. Kent (inglizcha, “kent”)

Kent “argo” va “jargon” so‘zlari bilan sinonim bo‘lib, undan foydalanuvchi bo‘lmaganlarni aldash yoki muloqot doirasidan chiqarib tashlash uchun foydalanadigan guruhning lug‘atiga doir til.

3. So‘zlashuv tili

Milliy aloqa manbai sifatida kommunikatsiya jarayonida ma’lum bir shaklga kirgan til — so’zlashuv tili. So‘zlashuv tili ayrim guruhlar tomonidan kamsituvchi atamalar sifatida qabul qilinishi mumkin, ammo ular shunchaki norasmiy terminologiyaga ishora qiladi.

So‘zlashuv tili – so‘zlar, idiomatik iboralar yoki aforizmlar – ko‘pincha mintaqaviy xususiyatga ega; masalan, “gazlangan ichimlik” – “gazsuv” deb o‘zgarishi, jumladan turli hududlarida “tuxum”ning – “yumurtqa”,  “beshik”ning – “gavvora”, “Narvon”ning – “shoti” kabi boshqa so’zlar bilan ifodalanishida farqlanadi.

4. Kreol

Kreol – barcha yoshdagi odamlar tomonidan ona tili sifatida ishlatiladigan, ikki yoki undan ortiq til aralashuvidan tashkil topgan tilning yanada murakkab shakli. Bunga misol qilib “Sava!”, “Privet!” deb so‘rashish, “tushlik” – “abed”, “muqova” – “chexol”, “guldasta” – “buket” so‘zlari bilan ifodalananishini keltirishimiz mumkin. Suhbatda kreollarning keng yoyilishi ona tili inqiroziga sabab  bo‘lish mumkin.

5. Dialekt

Dialekt so‘zi grekcha bo‘lib, sheva degan ma’noni anglatib (aslida qabila tili demakdir), aksariyat til xususiyatlari o‘xshash bo‘lgan shevalami birlashtiradi, deydi Ashirboyev Samixon “O‘zbek dialektologiyasi” qo’llanmasida. Uning aytishicha: “Dialekt – o‘zaro bir-biriga yaqin shevalar tizimidir”.

6. Jargon

Jargon – bu ma’lum bir faoliyat yoki kasbga, masalan, san’at turiga, sport yoki ko‘ngilochar harakatlarga, tibbiy, ilmiy mavzularga tegishli so‘zlar va iboralar yig‘indisidir. Jargon ko‘pincha ma’lum bir ish uchun ajralmas materiallarga murojaat qilganda aniqlik uchun zarurdir. Biroq, ba’zi sohalarda jargon ko’pincha haqiqatni yashirish, begonalarni aldash yoki istisno qilish uchun haddan tashqari va beg‘araz darajada qo‘llaniladi.

7. Lingo

Bu atama ma’lum bir jamoa yoki guruh nutqiga ishora qiladi va shuning uchun ko‘plab boshqa so‘zlar bilan erkin qo’llaniladi. Masalan: “Biz bilgandik, biz kutgandik”, “Akang kuchaydi”, “Yo’qol-ey!”

8. Pidjin

Turli tillarda so‘zlashuvchi odamlarning muloqot qilish harakatlaridan kelib chiqadigan soddalashtirilgan til – bu pidjin. Ushbu tillar odatda umumiy tilga ega bo‘lmagan odamlar o‘rtasida savdo-sotiqni osonlashtirish uchun rivojlanadi. Vaqt o‘tishi bilan pidjinlar ko‘pincha kreollarga aylanadi.

9. Lingua Fransa

Bu til alohida tillarda so‘zlashuvchilar o‘rtasida muloqot qilish uchun umumiy til sifatida qabul qilingan tildir. Pidjinlar va kreollar, ikki yoki undan ortiq tillarning aralashmalari ham lingua fransa hisoblana oladi. Oddiy qilib aytganda “lingua fransa” insonga ona tilidek tushunarli bo‘lgan tilni ifodalaydi.

10. Patois

Patois kreol, dialekt yoki pidjin kabi nostandart tilga ishora qiladi. Bu so‘zlovchilarning standart tilda gapiradiganlarga nisbatan ijtimoiy jihatdan past tabaqadaligini anglatadi.

11. Slang

Slang muayyan submadaniyatda ishlatiladigan atamalar lug‘atidir. Slang atamalari, ixtiro qilingan so‘zlar yoki ma’nolari yangi his-tuyg‘ularga moslashtirilgan so‘zlar submadaniyatning o‘z suhbatlarini yashirish yoki boshqalarni istisno qilish istagidan kelib chiqadi. AQSh jamiyati ko‘proq yoshlarga yo‘naltirilgan va bir xil bo‘lgan sari, jaranglar qo‘llanishda kengroq tarqaladi va submadaniyatlar doimiy ravishda yangi jargonlarni ixtiro qiladilar, chunki eski atamalar asosiy aholi tomonidan o‘zlashtiriladi.

12. Xalq tili

Xalq tili – bu ona tili yoki lahjasi bo‘lib, boshqa tillardan farq qiladi. Shu bilan bir qatorda, standart til bilan solishtirganda xalq tili o‘z shevalariga ega bo’ladi. Shuningdek, standart til shunchaki dialekt yoki ustunlik qilgan dialektlarning moslashuvi ekanligini unutmaslik kerak.

Xulosa qilib aytganda, adabiy til, xalq tili, standart til hamda ularning tarkibiy qismini tashkil qilib, til boyligini rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan argot, kent, kreol, patois, va pidjinglar haqida tushunchaga ega bo‘lish har bir insonning og‘zaki va yozma nutqini tartibga keltiradi. Shuningdek, yuqorida keltirilgan til turlaridan kerakli joyda foydalanish uchun ham ular haqida tushunchaga ega bo’lish zarur. Shunday ekan, ushbu maqolani o’qib chiqqach, sizda ham tilshunoslar tomonidan tez-tez qo’llanilib keladigan dialekt, jargon va slang iboralarining asl mohiyati haqida tushuncha paydo bo‘ladi. Kezi kelganda, so’zlovchining nutqini tinglab, “Axir bu lingua fransa-ku!” desangiz ajab emas.

Muhammad Olim Nuriyaxonim Ulug’bek qizi
O’zDJTU, Media va kommunikatsiya fakulteti, 4-bosqich talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − 17 =