“TIMES HIGHER EDUCATION” TASHKILOTI RAHBARIYATI ISHTIROKIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI
30.10.202330-oktabr kuni Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligida “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti rahbariyati – Phil Baty, Elizabeth Shepherd, Lachyn Italmazova ishtirokida respublika oliy ta’lim tashkilotlari uchun seminar tashkil etildi.
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/10/photo_2023-10-30_18-16-18-1024x682.jpg)
Unda Toshkent shahrida joylashgan 14 ta oliy ta’lim muassasasidan 57 nafar hamda hududlardagi 63 ta oliygohlardan 135 nafar xalqaro reyting bo‘yicha mas’ul xodimlar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Seminar davomida oliy ta’lim muassasalari reytingining ahamiyati haqida ma’lumot berilib, respublika oliy ta’lim tashkilotlarining joriy ilmiy-pedagogik faoliyati tahlil etildi. Shuningdek, mavjud muammolar va istiqboldagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/10/photo_2023-10-30_18-16-18-2-1024x682.jpg)
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/10/photo_2023-10-30_18-16-24-1024x768.jpg)
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/10/comms_media_centre_new_new_logo_0.jpg)
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.