TIMES HIGHER EDUCATION XALQARO REYTINGIGA KIRISH BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
27.02.20202020-yilning 26-fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Xalqaro yetakchi kompaniyalardan biri Times Higher Education (THE) Respublika oliy ta’lim muassasalarining xalqaro universitetlar reytingiga kirishi bo‘yicha amaliy seminar-trening o‘tkazildi.
Seminarda THE kompaniyasining Yevropa, Yaqin Sharq mamlakatlari, Rossiya va Markaziy Osiyoda strategik yechimlar bo‘yicha direktori Maykl Karuana, «Ye-kvadrat» konsalting va media kompaniyasi direktori Yegor Yakovlev, Ural federal universiteti «Naukomedia» laboratoriyasi direktori Mark Akoyevlar taqdimot qildilar.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Times Higher Education (THE) kompaniyasi o‘rtasida imzolangan Bitimga muvofiq, THE mutaxassislari tomonidan respublika oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish, o‘z navbatida nufuzli xalqaro universitetlar reyting ro‘yxatiga kiritish yuzasidan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Respublika oliy ta’lim muassasalariga THE tomonidan rivojlanish strategiyasi va ustuvorligi tamoyillarini aniqlash imkonini beruvchi tahlil tizimi taqdim etildi.
Shuningdek, THE bilan imzolangan Bitim O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining xalqaro sammitlar va Times Higher Education tomonidan tashkil etilgan forumlarda ishtirok etish, o‘z navbatida, xalqaro yetakchi ilmiy-ta’lim markazlari bilan hamkorlikni faollashtirish imkonini berdi.
Seminar-trening doirasida dunyoning nufuzli universitetlari global reytingi – Times Higher Education World University Rankings mezonlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar tahlili amalga oshirildi.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarini faoliyati haqidagi ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish, turli davlatlar va mintaqalarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan solishtirish va o‘z navbatida, obyektiv ma’lumotlar asosida raqobatbardoshlikni oshirish strategiyasini ishlab chiqish uchun THE DataPoints axborot-tahlil xizmatidan foydalanish ko‘nikma-malakalarini rivojlantirish tahlil qilindi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.