TOʻLIQ MOLIYALASHTIRILADIGAN TALABALAR ALMASHINUV DASTURI — GLOBAL UGRAD

21.01.2021

Muddat: 2021-yil 28-fevral

Global UGRAD dunyoning turli davlatlaridagi iqtidorli bakalavriat talabalariga bir semestrlik taʼlim olish dasturi uchun taqdim etiladi. Semestr davomida talabalar AQSHda ijtimoiy ishlar, kasbiy rivojlanish va madaniy koʻnikmalarni olish bilan shugʻullanishi mumkin. 2008-yildan buyon ushbu stipendiyani 2500 dan ziyod talaba qoʻlga kiritgan. Bu siz uchun ham ajoyib imkoniyat, albatta ariza topshiring!

Istalgan bakalavriat yoʻnalishida oʻqiyotgan talabalar ariza topshirishi mumkin. Nomzodlar akademik oʻzlashtirish darajasi, yetakchilik qobiliyati va AQSHda taʼlim olishga tayyorligi boʻyicha tanlab olinadi.

Oʻzbekiston fuqarolari uchun batafsil: http://bit.ly/3ooG8GU

Batafsil rasmiy saytda: http://bit.ly/3nikhiY