“YAPONIYA-O‘ZBЕKISTON” JAMIYATIGA ASOS SOLINGANLIGINING 25 YILLI NISHONLANDI

25.01.2024

Tokio shahrida “Yaponiya-O‘zbekiston” jamiyatiga asos solinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov ham ishtirok etib, Jamiyat a’zolarining yapon jamoatchiligini O‘zbekiston tarixi, an’analari va boy madaniyati bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan ko‘p yillik ezgu faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi.