ToshDSHI KOREYASHUNOSLIK FAKULTETIGA YANGI O’QUV ADABIYOTLARI TAQDIM ETILDI

05.02.2020

Bugungi kunda taʼlimda oliy oʻquv yurtlarini sohaga doir adabiyotlar bilan muntazam boyitib borish masalasi muhim ahamiyatga ega. Bu borada Toshkent davlat sharqshunoslik institutining «Koreyashunoslik” fakulteti ham qator xalqaro tashkilot va xorijiy muassasalar bilan hamkorlikda turli loyiha va tadbirlarlarni amalga oshirib kelmoqda.

2020-yilning 4-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Koreyashunoslik fakultetiga Osiyo madaniyati va taraqqiyoti instituti filiali hamda Koreya Respublikasining “YOUNGPOONG”  nashriyoti tomonidan 1500 AQSh dollari miqdoridagi  o‘quv adabiyotlari taqdim etildi. 

Kitoblarni taqdim etish marosimida Osiyo madaniyati va taraqqiyoti institutining Toshkent filiali direktori Kim Pyonggil, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori Gulchexra Rixsiyeva, Koreyashunoslik fakulteti dekani Shoira Usmanova va fakultet talabalari ishtirok etishdi. Tadbir davomida taʼlimda adabiyotlarning oʻrni va ahamiyati xususida tadbir mehmonlari talaba-yoshlar bilan oʻz fikrlarini oʻrtoqlashdilar. Ushbu oʻquv adabiyotlari kelgusida  talabalarning  koreyashunoslik  yoʻnalishidagi ilmiy izlanishlari uchun muhim manba va koʻmakchi vosita boʻlib xizmat qilishiga ishonamiz.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

thirteen + eighteen =