TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETIDA QO‘SHMA DIPLOMLI MAGISTRATURA YO‘NALISHIGA QABUL BOSHLANDI

02.08.2019

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qo’shma diplomli (double degree) magistratura yo’nalishiga qabul boshlanganini e’lon qilmoqda.

Anqara Hoji Bayram Vali universiteti bilan hamkorlikda “Sayohatni boshqarish va gid hamrohligi” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma diplomli xalqaro qo‘shma dasturning muddati bir yil bo’lib, uning afzalliklari quyidagilar:

–  kuzgi semestr Toshkentda, bahorgi semestr Anqarada o‘qiysiz;

–  magistrlik dissertatsiyasi yozmaysiz;

–  ta’lim ingliz va turk tillarida olib boriladi;

–  bir yildan so‘ng bir-biridan mustaqil kuchga ega ikki diplomga ega bo‘lasiz.

Hujjatlar 2019-yil 20-avgustga qadar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qabul komissiyasida qabul qilinadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nineteen − twelve =