TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTIDA KOREYALIK PROFESSOR TAQDIMOT QILDI

11.10.2019

Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Koreya Respublikasining «Asia Future» instituti prezidenti, AQSh-Koreya Respublikasi assotsiatsiyasi raisi, Xankuk chet tillari universiteti professori Djin Pak tashrif buyurdi.

Professor bilan uchrashuvda institut rahbariyati, Yosh olimlar kengashi a’zolari, professor-o‘qituvchilar va talabalar qatnashdilar.

Professor Djin Pak «The Future of Asia & Korea-Uzbekistan Partnership» nomli ma’ruzasida bugungi kunda O‘zbekiston va Janubiy Koreya munosabatlari, xalqaro munosabatlarda kechayotgan asosiy tendensiyalar tahlili haqida dolzarb masalalarni keltirib o‘tdi. Shuningdek, dunyo aholisi o‘sishi, unda davlatlarning asosiy ulushi kabilar ham muhokama etildi. Hozirgi davrning muhim muammolari sifatida esa aynan daromadning tafovutlari va davlatlararo geosiyosiy muammolar hozirga qadar hal etilmaganligi kabilar ko‘rsatib o‘tildi.

Ma’ruzadan so‘ng talabalar va tadqiqotchilar tomonidan sohadagi muammolarni bartaraf etish choralari va umumbashariy hamkorlik istiqbollari yuzasidan qiziqarli savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twelve − 5 =