TOSHKENT DАVLАT SHАRQSHUNOSLIK UNIVERSITETI TАSHKIL ETILDI
17.04.2020“Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori eʼlon qilindi.
Qaror bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi.
2020/2021 oʼquv yilidan boshlab:
- Universitetga talabalarning bilimini baholash hamda oʼquv jarayonining amaliyot bilan integratsiyalashuvini taʼminlash tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash huquqi beriladi;
- taʼlim jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modulь tizimi asosida amalga oshiriladi;
- xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qoʼshma taʼlim dasturlarining oʼquv rejalari va fan dasturlari Universitet tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi;
- Universitetda sharq tillari oʼqitiladigan taʼlim muassasalari oʼqituvchilari uchun doimiy faoliyat yurituvchi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi hamda kurslardan muvaffaqiyatli oʼtgan pedagog kadrlarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi;
- Universitetga oʼqishga qabul qilishda sharq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʼur, yapon tillari) topshiriladigan koʼp balli tizim boʼyicha imtihonlar oʼrniga test sinovlari oʼtkaziladi;
- ushbu tajriba boshqa tillar (ispan, italьyan, tojik, qozoq, turkman, qirgʼiz tillari va boshqalar) boʼyicha respublikadagi barcha davlat oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilishda joriy etiladi.
Batavsil: www.edu.uz
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.