TOSHKENT SHAHRI IQTISODIY HAMKORLIK TASHKILOTINING 16-SAMMITIGA MEZBONLIK QILMOQDA

08.11.2023

8-9 noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti bo‘lib o‘tmoqda.

Sammitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar hamda IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy ishtirok etadi.

Bugun, 8 noyabr kuni delegasiyalar Toshkentga birin-ketin kela boshladi. Prezidentimiz ularning rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Jumladan, bugunga Qirg‘iziston, Turkiya Prezidentlari, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari va IHT bosh kotibi bilan muzokaralar rejalashtirilgan.

Ertaga, 9 noyabr’ kuni oliy darajadagi yig‘ilish bo‘lib o‘tishi kutilmoqda va uning doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × 4 =