TOSHKENT VEBSTER UNIVERSITETI O‘QITUVCHILARNI ISHGA QABUL QILISH BO‘YICHA TANLOV E’LON QILDI

24.04.2019

Toshkent shahridagi Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi bakalavr va magistraturada ta’lim dasturlarini ingliz tilida o‘qitish qobiliyatiga ega, yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish uchun tanlov e’lon qiladi.

Nomzodlar quyidagi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari fanlari bo‘yicha dars berish uchun qabul qilinadi:

  • Media kommunikatsiyalar (Media communication);
  • Biznes (Business department);
  • Menejment (Management department);
  • Biznesda boshqaruv (MVA);
  • Matematika va informatika fanlari (Department of mathematics and computer sciences);
  • Aniq va gumanitar (global citizenship program).

Nomzodlar AQShning Vebster universiteti mutaxassislari tomonidan suhbat asosida tanlab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar o‘zlari haqidagi ma’lumotnoma (CV)ning elektron nusxasini (pdf shaklida) shu yilning 10 mayiga qadar sulugbek13@webster.edu elektron manziliga jo‘natishlari mumkin. Nomzodlarga barqaror oylik ish haqi va ijtimoiy himoyalash choralari kafolatlanadi, xorijiy ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashish va o‘zini namoyon etish uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi.

Nomzodlarga qo’yiladigan talablar bilan tanishish: http://edu.uz/uz/news/view/1311

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one + twenty =