TOSHKENT XALQARO VESTMINSTER UNIVERSITETIDA “WELCOME HOURS SESSION”

02.12.2019

Toshkent xalqaro Vestminster universitetida 2019-yilning 29-noyabr kuni istiqbolli talabalar uchun “Welcome Hours session” bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida O’zbekistondagi birinchi xalqaro universitetda oliy ta’lim olishga intilayotgan juda ko’plab yosh va jonkuyar insonlarni ko’rish yig’ilganlarga juda katta zavq bag’ishladi.

Toshkent xalqaro Vestminster universitetida Buyuk Britaniya malakasi darajasidagi bilan G’arb ta’limini taqdim etadi. Abituriyentlar o’zlarining barcha savollariga javob olish uchun universitet ta’lim tizimi, qabul tartibi taqdimotida ishtirok etdilar hamda universitet talabalari va xodimlari bilan muloqotda bo’ldilar.

Bundan tashqari, istiqbolli nomzodlar talabalar turar joyi, universitet zallari, umuman, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo’ldilar.

Toshkent xalqaro Vestminster universitetida navbatdagi ochiq kun fevral oyida bo’lishi rejalashtirilgan bo’lib, «Ota-onalar uchun axborot sessiyasi» mavzusida bo’lishi kutilmoqda.

Universitet bo’lajak abituriyentlarga kirish imtihonlarida omad tilaydi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × one =