Joriy yilning 18-21 dekabr kunlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida poytaxtda ilk marotaba “Toshkent yoshlar forumi – 2020” o‘tkaziladi.
“Toshkent yoshlar forumi – 2020”da O‘zbekiston tarixida ilk marotaba hukumat a’zolari bilan yoshlarning uchrashuvi tashkil qilinib, o‘zaro ochiq muloqotga kirishadilar. Shuningdek, O‘zbekistondagi turli soha va tarmoqlar taraqqiyoti 10 yildan keyin qanday bo‘lishi muhokama etiladi, mavzuga doir taqdimotlar o‘tkaziladi. Bugungi harakatlarning natijadorligi, samaradorligi masalalari kengroq muhokama etiladi. Sohalar bo‘yicha oldinda turgan muammolar va ularga yechim topish bo‘yicha yoshlar bilan fikr almashinib, takliflar o‘rtaga tashlanadi.
Shuningdek, forum doirasida yoshlarning zamonaviy qahramonlari bilan uchrashuvlar, istiqbolli loyihalar taqdimoti, san’at festivallari va tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbirda faol ishtirok etgan, yil davomida vatanparvarlik va fidoyilik fazilatlarini o‘zida namoyon qilgan yoshlar taqdirlanishi, rag‘batlantirilishi kutilmoqda.
Batafsil: https://tashkent2020.uz/uz.php
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.