TOSHKENTDA BO’LIB O’TADIGAN ERASMUS+ AXBOROT-USLUBIY SESSIYASIDA ISHTIROK ETING!
13.12.2023Erasmus + O’zbekistondagi milliy ofisi barchani bo’lajak axborot-metodik sessiyada ishtirok etishga taklif qiladi. Sessiya «Samarali loyiha taklifini qanday ishlab chiqish kerak?» mavzusiga qaratilgan bo’lib, O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida o’tkaziladi.
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/12/photo_2023-12-12_21-05-49.jpg)
Ishtirok etishingizni tasdiqlash uchun ro’yxatdan o’tish formasini to’ldiring.
Batafsil ma’lumot elektron pochta orqali yuboriladi.
Ro’yxatdan o’tishning oxirgi muddati: 14 dekabr, soat 11: 00.