TOSHKENTDA «II YEVROPA ITTIFOQI TA’LIM KO‘RGAZMASI» BO‘LIB O‘TDI

10.10.2023

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi va Erasmus+ milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan «Ikkinchi Yevropa Ittifoqi ta’lim ko’rgazmasi» bo’lib o’tdi.

Ko’rgazmada Yevropa Ittifoqining bir qancha mamlakatlari, jumladan, Belgiya, Bolgariya, Chexiya, Fransiya, Germaniya, Ruminiya va Ispaniya o‘zlarining balakavriat, magistratura va aspirantura dasturlarini taqdim etdilar.

Yevropa Ittifoqi ta’lim ko‘rgazmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi va mahalliy OTMlar ko‘magida o‘tkazildi.

– “Yevropa Ittifoqi ilg‘or ta’lim va tadqiqot markazi sifatida mashhur. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida dunyoning yetakchi universitetlari joylashgan, bu uni global oliy ta’lim bozorida muhim ishtirokchiga aylantiradi, u o‘zbekistonlik talabalarni quchoq ochib kutib oladi.  O‘zbekistonning yanada gullab-yashnashi uning iqtidorli yoshlariga bog‘liq. Ta’lim shaxsiyat rivojlanishi uchun muhim poydevorni tashkil qiladi. Yevropa Ittifoqi universitetlarida olingan oliy ta’lim global bilim va ko’nikmalarni yaratadi,  bitiruvchilar o’z vatanlariga qaytganlaridan so’ng, butun mamlakat taraqqiyotiga albatta hissa qo’shadilar”, – deya, e’tirof etdi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian xonim.

Erasmus+ dasturining 2024-yil uchun navbatdagi arizalar qabul qilishi arafasida Yevropa Ittifoqi va mahalliy universitetlar Erasmus+ loyihalari doirasida institutsional hamkorlikni o‘rgandilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 + three =