TOSHKENTDA O’zDJTU BILAN HAMKORLIKDA YAPONIYA RAQAMLI UNIVERSITETI TASHKIL ETILADI

03.06.2020

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) va Yaponiyaning Digital Knowledge aksiyadorlik jamiyatining Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universitetini tashkil etish taklifiga rozilik beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida e’lon qilindi, deb xabar bermoqda daryo.uz.

Universitet faoliyatining asosiy maqsadlaridan biri respublika iqtisodiyoti va sanoat tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro ta’lim standartlari darajasida tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan yangi ta’lim dasturlari hamda o‘qitishning masofaviy shakllarini ishlab chiqish va joriy etish hisoblanadi.

Universitet Yaponiyaning nodavlat oliy ta’lim tashkilotidir. Unda asosiy bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.

O‘qitish to‘lov-kontrakt asosida O‘zbekiston davlat ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda universitet va O‘zDJTU tomonidan ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha yapon va ingliz tillarida kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.

Talabalikka qabul qilish va bitiruvchilarning attestatsiyasi universitet tomonidan O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zDJTU bilan kelishilgan holda belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

O‘qishlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga “Ikki tomonlama diplom” (double degree) dasturlari asosida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan “Kompyuter lingvistikasi” yo‘nalishida davlat namunasidagi diplomi hamda Yaponiya va O‘zbekistonda tan olinadigan Yaponiyaning Otemaye universiteti, Tokio onlayn universiteti va boshqa universitetlaridan birining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan namunadagi diplomlari beriladi.

Bitiruvchilarga O‘zbekiston va Yaponiya qonunchiligiga rioya qilgan holda xorijiy mamlakatlarda ish o‘rinlari taklif etiladi.

2 Comments so far

Jump into a conversation
  1. Muxtor
    #1 Muxtor 16 Dekabr, 2020, 14:58

    Salom bu institutga qanday qilib hujjat topshirsak buladi

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 + two =