TOSHKENTDAGI VEBSTER UNIVERSITETI 1-NOYABR KUNI RASMAN OCHILADI

31.10.2019

1-noyabr kuni Toshkentda Vebster universitetining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

2019-2020 o‘quv yili uchun 470 dan ortiq talaba ushbu oliy ta’lim muassasasiga qabul qilindi. Bu nafaqat O‘zbekistondagi birinchi Amerika universiteti, balki ushbu universitetning chet eldagi eng katta filialidir. Marosimda AQShdagi Vebster universitetining vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Vebstr universitetining Toshkentdagi kampusiga TESL dasturiga asosan, kutilganidan ko‘proq talablar qabul qilindi.

Ta’kidlash muhimki, 2018 yilda Amerika oliy ta’lim dargohi tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bazasida TESL magistrlik dasturi (ikkinchi chet tili sifatida ingliz tiliga o‘qitish) ishga tushirilgan edi.

Vebster universiteti vakillarining aytishicha, dastlab ushbu dastu bo‘yicha 50-60 talaba o‘qitilishi ko‘zda tutilgan edi. Biroq ingliz tilidan malakali o‘qituvchilarga bo‘lgan talab yuqoriligi bois TESL dasturi asosida 120 ta talaba o‘qitildi.

So‘nggi bir yil ichida Vebster universiteti tomonidan o‘qitish dasturi sezilarli darajada kengaytirildi.

Rejaga ko‘ra, Vebstr universitetining Toshkentdagi kampusida 14 ta bakalavriat yo‘nalishlari va 16 magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. 2019-2020 o‘quv yilida bakalavr yo‘nalishida media kommunikatsiyalar, biznes boshqaruvi, iqtisodiyot hamda ingliz tili ikkinchi til sifatida yo‘nalishlari, magistraturada biznes boshqaruvi, media kommunikatsiyalar hamda ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil  yo‘lga qo‘yildi.

Keyinchalik boshqaruvning axborot tizimlari, interfaol raqamli media, grafik dizayn, reklama va marketing kommunikatsiyalari, informatika, xalqaro munosabatlar, buxgalteriya hisobi, jamoatchilik bilan aloqalar hamda kino, televideniye va video ishlab chiqarilishi kabi bakalavriat ta’lim dasturlari, axborot texnologiyalar boshqaruvi, kommunikatsiyalar boshqaruvi, biznes va tashkiliy xavfsizlik boshqaruvi, savdo boshqaruvi, reklama va marketing kommunikatsiyalari, ta’lim texnologiyalari, amaliy pedagogik psixologiya, STEM, menejment va liderlik, ekologiya menejmenti, sog‘liqni saqlash boshqaruvi kabi magistratura ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Bugungi kunda AQSh universiteti tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, hamda Samarqand davlat institutida alohida dasturlar amalga oshirilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × 2 =