TOSHKENT SHAHRIDAGI VEBSTER UNIVERSITETI ILK BITIRUVCHILARIGA SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPSHIRILDI

24.05.2023

O‘zbekistondagi ilk akkreditatsiyadan o‘tgan Amerika universiteti – Vebster universiteti birinchi bakalavrlarni kuzatish marosimini o’tkazdi. Marosimda ishtirok etish uchun Vebster universiteti prezidenti va AQShning Toshkentdagi elchisi tashrif buyurdi.

20 may kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyining katta zali O‘zbekistondagi ilk akkreditatsiyadan o‘tgan Amerika universiteti – Vebster universitetining mehmonlari, ota-onalari va hamkorlari bilan to‘ldi.

Bakalavriat va magistratura bosqichidagi talabalarning bitiruv marosimini tomosha qilish uchun 1000 dan ortiq odam yig‘ildi.

Ular orasida 151 nafar birinchi bakalavriat bosqichi sohibi, shuningdek, karantin cheklovlari tufayli bitiruv marosimi oʻtkazilmagan 387 nafar magistratura talabasi, jumladan, 2020-2022-yilgi oʻquv yili bitiruvchilari ham bor edi. Marosimda jami 538 nafar bitiruvchi taqdirlandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

8 + one =