TOSHKENTDAGI VEBSTER UNIVERSITETI: TAHSIL JARAYONI, QABUL HAMDA SHAROITLAR HAQIDA BATAFSIL

29.06.2019

Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasida ko‘plab salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda, aynan poytaxtimiz Toshkent shahrida ilk marotaba Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vebster universiteti filiali tashkil qilinishi ana shunday quvonchli yangiliklardan biri bo‘ldi. Ushbu o‘quv dargohi talabalarga jahon standartlari asosida va zamonaviy yo‘nalishlarda ta’lim beradi. Oliygoh haqida batafsil ma’lumot olish va  talaba bo‘lish orzusidagi abituriyentlarga mazkur ma’lumotlarni yetkazish maqsadida Toshkent shahridagi Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi ijrochi direktori, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Rahmonov Rasul Ne’matovich bilan qizg‘in suhbat qurdik.

– O‘zbekistonda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vebster universiteti filialining ochilishi tashabbusi kimga tegishli?
– Avvalambor, oliy  ta’lim tizimidagi islohotlar, mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining ta’sirchan mexanizmlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarning boshida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning o‘zlari turibdilar. Xorijiy mamlakatlardagi oliy ta’lim dargohlarining ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirish, ular bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ta’lim sohasiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib kelinmoqda.

– Universitet talabalari qanday yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim oladilar?
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4245 son “Toshkent shahrida Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish Markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq 14 ta bakalavriat yo‘nalishlari va 16 magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi belgilab berilgan. 2019-2020 o‘quv yilidan esa abituriyentlarga bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha to‘rtta – Media kommunikatsiyalar, Biznes boshqaruvi, Iqtisodiyot hamda Ingliz tili ikkinchi til sifatida yo‘nalishlari bo‘yicha dasturlarda, magistraturada Biznes boshqaruvi Media kommunikatsiyalar hamda Ingliz tili ikkinchi til sifatida o‘qitish mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi. Keyingi yillarda esa Boshqaruvning axborot tizimlari, Interfaol raqamli media, Grafik dizayn, Reklama va marketing kommunikatsiyalari, Informatika, Xalqaro munosabatlar, Buxgalteriya hisobi, Jamoatchilik bilan aloqalar hamda kino, televideniye va video ishlab chiqarilishi kabi bakalavriat ta’lim dasturlari; Axborot texnologiyalar boshqaruvi, Kommunikatsiyalar boshqaruvi, Biznes va tashkiliy xavfsizlik boshqaruvi, Savdo boshqaruvi, Reklama va marketing kommunikatsiyalari, Ta’lim texnologiyalari, Amaliy pedagogik psixologiya, STEM, Menejment va liderlik, Ekologiya menejmenti, Sog‘liqni saqlash boshqaruvi kabi magistratura ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

– Dars jarayonlari, o‘quv darsliklari va mutaxassis pedagoglar haqida ham ma’lumot bersangiz.
– Dars jarayonlari to‘liq ingliz tilida, kunduzgi ta’lim shaklida, mahalliy va amerikalik mutaxassislardan iborat bo‘lgan pedagoglar tarkibi yordamida olib boriladi. Ta’lim jarayoni to‘liq kontrakt shartnoma asosida amalga oshiriladi.

– Universitet talabasi bo‘lish istagidagi abituriyentlar qanday fanlardan imtihon topshirishlari kerak?
– Ahamiyatli jihati shundaki, bu yerda hech qanday kirish imtihonlari bo‘lmaydi. Abituriyentlar qabuli may oyidan boshlandi va 31 iyul sanasiga qadar davom etadi. Albatta, bu o‘rinda ular tomonidan topshirilishi kerak bo‘lgan bir qator hujjatlar bor. Ammo  eng asosiy mezon – xalqaro til sertifikatiga ega bo‘lish hisoblanadi. Ulardan IELTS ko‘rsatkichlari – 6.0, TOEFL darajasi esa 80 bo‘lishi talab qilinadi. Hujjatlar elektron ko‘rinishda Vebster universitetining rasmiy uzadmissions@webster.edu elektron manziliga yuboriladi, mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqiladi va bir hafta ichida javob qaytariladi.

– Mazkur universitetning O‘zbekiston OTMdan qanday farqli jihatlari bor?
– Farqli jihati, ta’lim yo‘nalishlarining zamonaviy xalqaro standartlar asosidagi, zamon talab qilayotgan yangi yo‘nalishlarni taklif qilishidir. Misol uchun, media kommunikatsiyalari, art-dizayn, loyiha boshqaruvi, interfaol media, boshqaruvning raqamlari tizimlari, grafik dizayn, reklama-marketing kommunikatsiyalari, jurnalistika, kino-televideniye va video ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarni yangilik deb ayta olaman. Vebster universiteti dunyodagi eng kuchli oliygohlar mingtaligiga kiradi va oxirgi 5 yilda 600–800 o‘rinlarda baholanib kelmoqda. U dunyoning jami 8 ta mamlakatida: AQSh, Avstriya, Niderlandiya, Gretsiya, Shveysariya, Xitoy, Gana va O‘zbekistonda 10 dan ziyod kampusga ega. Bugungi kunda Toshkent shahridagi Markazdan tashqari O‘zbekiston hududida TDIU,  O‘zDJTU, TATUda qo‘shma dasturlar asosida magistratura bo‘yicha kadrlar tayyorlash o‘tgan yildan boshlab yo‘lga qo‘yilgan. Vebster universitetida ta’lim olishning shartnoma to‘lovi miqdori Amerikada 26–30 ming AQSh dollarini tashkil qilsa, bu yerda aholining o‘rtacha daromadlari va turmush sharoitlaridan kelib chiqib Markaz ta’sischilari: Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Vebster universiteti tomonidan o‘zaro kelishgan holda O‘zbekiston uchun to‘lov kontraktning yillik qiymati bakalavriat yo‘nalishlari uchun 3200 AQSh dollari, tanlangan magistratura mutaxassisliklariga qarab 4000-6000 AQSh dollari miqdorida belgilandi. Bu AQShning eng ilg‘or universitetlaridan birida tahsil olish va uning diplomiga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat. Shu bilan birga, tahsilning 2–3-kurslarida aynan mana shu to‘lov miqdori bilan Amerika, Gretsiya, Avstriyadagi, bir so‘z bilan aytganda, istalgan kampusda ana shu 26 000 dollarlik to‘lov dasturida o‘qigan kabi 1 semestr davomida tahsil olib kelish mumkin bo‘ladi.

– Ushbu o‘quv yilida Vebster universiteti talabasi bo‘lishni istagan yoshlar nechtani tashkil qildi?
– Ayni paytda qabul jarayonlari hali davom etmoqda. Shu kunga qadar 70 ga yaqin abituriyentlar bakalavr yo‘nalishi uchun qabul qilingan. Reja bo‘yicha mazkur o‘quv yilida magistratura yo‘nalishi bo‘yicha 100 ta, bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha 200 nafar talaba qabul qilish rejalashtirilgan.

– Oliygohda talaba yoshlar uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?
– Imkoniyatlar juda ko‘p. Ular bevosita Amerikaning yetuk professorlaridan tahsil olishlari, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan eng ilg‘or ta’lim dasturlari bo‘yicha  o‘qib-o‘rganishlari, ana shu shartnoma to‘lovi ichida barcha o‘quv darsliklariga ega bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, Vebster universitetining kutubxona fondidan ham bevosita foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

– Mazkur universitet talabasi bo‘lishni istagan yoshlarga o‘z orzulariga yetishish uchun qanday tavsiyalarni bergan bo‘lar edingiz.
– Har bir inson hayotda aniq maqsad ila yashashi kerak. Kelgusida el-yurtga nafi tegadigan shaxs sifatida shakllanishi, oilasi va farzandlari uchun yaxshi kasb egasi bo‘lish darkor. Buning uchun asosiy zamin oliy ta’lim muassasalarida yaratiladi. Ana shundan keyin esa o‘z ustida ishlab, orzularga yetishi mumkin bo‘ladi. Bu borada talabalarga eng katta tavsiya – o‘qish, izlanish va bu yo‘lda hech qachon charchamaslik! Ota-bobolarimiz aytganlaridek, beshikdan to qabrgacha ilm izlab, o‘qishning payida bo‘lish lozim.
Foydali va mazmunli suhbat uchun tashakkur.

Universitet talabasi bo‘lish orzusidagi abituriyentlardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

  • Ariza
  • Xalqaro til bilish sertifikati (TOEFL 80/IELTS 6.0).
  • Diplom va uning tasdiqlangan ilovasi (o‘rtacha baho 2.5 dan yuqori bo‘lishi kerak).
  • O‘qituvchi yoki ustozdan tavsiyanoma.
  • Pasport nusxasi.

Insho (erkin mavzuda: kareraviy maqsadlar; aynan nima uchun Vebster universitetiga o‘qishga kirishdan maqsadi; avtobiografik ma’lumotlar; shaxsiy kasbiy tajriba va h.k.) yoziladi va 300–500 so‘zdan iborat bo‘ladi.

Ushbu hujjatlarni uzadmissions@webster.edu elektron manziliga yuborish lozim.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti 1-BINO, 110-xonaga murojaat qilish mumkin.

Telefon: (71) 239-28-33.

Manba: edu.uz

37 Comments so far

Jump into a conversation
  1. Asadbek
    #1 Asadbek 4 Mart, 2020, 13:15

    Univrsitet O’zbekistonlik yoshlarga ko’plab qulayliklarni yaratib beradi.

    Reply this comment
  2. Ozoda
    #2 Ozoda 10 Mart, 2020, 13:27

    O’zbekistondagi Vebster Universiteti kontrakti haqida

    Reply this comment
  3. Fahriddin
    #3 Fahriddin 13 Mart, 2020, 06:58

    Faqat iels borlarni qabul qiladi xolos mi?

    Reply this comment
  4. ALIRIZO HAYDAROV
    #4 ALIRIZO HAYDAROV 14 Mart, 2020, 12:46

    Webster oliygohini tamomlaganan sòng , qanday ishga kirish mumkin va oylik masalasi qanday bo’ladi ?

    Reply this comment
  5. Javohir
    #5 Javohir 14 Mart, 2020, 13:18

    Asalomu alekum man shu vebster o’qishiga kirmoqchi edim lekin mani 5.5 ielts bor shu bal ham imtihonsiz kira oladimi

    Reply this comment
  6. Arslonbek
    #6 Arslonbek 20 Mart, 2020, 18:18

    Ielts 5.5 balli bor o’quvchi o’qish imkoniyatiga egami
    Webster universitetida

    Reply this comment
  7. Zamira
    #7 Zamira 31 Mart, 2020, 08:10

    I want to study in Webster university

    Reply this comment
  8. Javohir
    #8 Javohir 15 Aprel, 2020, 23:55

    Universitet juda ham zo’r. Imkoniyatlar ham juda keng.Eng zo’ri o’qitish tili ingliz tili ekanidir. Haqiqatdan ham Prezidetimizga rahmat aytmasdan iloj yo’q.Tahsil olib shaxsiy kariyerani yaratish va kuchli mutahassis bo’lish mumkin. Uiversitet faoliyatiga katta zafarlar…..

    Reply this comment
  9. Alirizo
    #9 Alirizo 17 Aprel, 2020, 01:35

    Karantin bòlganligi sabab . IELTS sertifikatiga topshirishga ulgurmaganlar .. nima bòladi . 31 iyul qabul sanasini chòzasizlarmi .?

    Reply this comment
    • Sherzy
      Sherzy 27 Aprel, 2020, 05:28

      Assalomu alaykum Hozirda yurtimizda karantin bolganligi Sabali juda yoshlarimiz IELTS imtihonlarini topshirishga ulgurmayapdi shu qatori men ham .31 iyulgacha bolgan qabul sanasini chozasizlarmi? Javob uchun oldindan Raxmat!

      Reply this comment
  10. Nilufar
    #10 Nilufar 18 Aprel, 2020, 23:41

    Assalomu alaykum sizlarga topshirayotgan 7.5 ielts bor maktab o’quvchilariga qandayimtiyozlar bor

    Reply this comment
  11. Zilola
    #11 Zilola 30 Aprel, 2020, 06:50

    IELTS sertifikatim yo’q. Sertifikat bo’lmagan holda nima qilish mumkin? Javob uchun oldindan rahmat.

    Reply this comment
    • Halilulloh
      Halilulloh 28 Iyun, 2020, 11:25

      Menda ham IELTS sertifakati yo‘q karantin sabab topshirolmadim. Ammo o‘qish davomida topshirsa bo‘ladimi? Javob uchun oldindan raxmat.

      Reply this comment
  12. Xudoyorbek
    #12 Xudoyorbek 18 May, 2020, 04:42

    IELTS siz o’qishga kirsa bo’ladimi? Kontrkat tolovi asosida

    Reply this comment
  13. Abdulaziz8452
    #13 Abdulaziz8452 19 May, 2020, 02:22

    Assalomu aleykum ! barchaga, bu yilgi qabul muddati haqida malumotga ega bo’lmoqchi edim, covid-19 pandemiyasi tufayli ko’plab sohalarda ortga surilishlar bo’lmoqda, shu sababli qabul muddatining yopilish kuni (deadlline) ham kechiktiriladimi ? ushbu ma’lumotni qayerdan olsam bo’ladi ?

    Reply this comment
  14. Nargiza
    #14 Nargiza 5 Iyun, 2020, 21:46

    Assalomu aleykum unveraitetda grant bormi

    Reply this comment
  15. Aziza
    #15 Aziza 25 Iyun, 2020, 10:37

    Dakument qanday joylashtirish tushunarsiz

    Reply this comment
  16. Halilulloh
    #16 Halilulloh 28 Iyun, 2020, 11:26

    Menda ham karantin sababli IELTS SERTIFIKATI yo‘q.Ammo o‘qish davomida topshirsa bo‘ladimi.

    Reply this comment
  17. Adhamjon
    #17 Adhamjon 20 Iyul, 2020, 20:47

    IELTS sertifikatiga ega bo‘lmaganlar suhbat asosida ham qabul qilinaveradimi?

    Reply this comment
  18. Nurlan
    #18 Nurlan 2 Avgust, 2020, 10:12

    Webster universitetida stipendiya ham beriladimi?

    Reply this comment
  19. Nodira
    #19 Nodira 5 Avgust, 2020, 00:53

    Assalomu alaykum mendan yetarli b2sertifikat bor qanday hujjat topshirsam bòladi

    Reply this comment
  20. Ag'abek
    #20 Ag'abek 10 Avgust, 2020, 00:31

    Assalomu alaykum manda ielts emas ammo duolingo dan 110 ball yani 6.5 teng sertifikatim bor shu bilan qabul qilinamanmi

    Reply this comment
  21. Akobir
    #21 Akobir 12 Avgust, 2020, 16:25

    Ahamiyatli jihati shundaki, bu yerda hech qanday kirish imtihonlari bo‘lmaydi. Abituriyentlar qabuli may oyidan boshlandi va 31 iyul sanasiga qadar davom etadi- faqat IELTS orqali kirish mumkinmi

    Reply this comment
  22. Akobir
    #22 Akobir 12 Avgust, 2020, 16:26

    Faqat IELTS orqali kirish mumkinmi

    Reply this comment
  23. belle
    #23 belle 27 Avgust, 2020, 11:48

    assalomu alaykum universtiteni grantlari yoqmi

    Reply this comment
  24. Simona
    #24 Simona 11 Sentabr, 2020, 23:59

    Magistraturani online o’qisa ham bo’ladimi?
    Ozgina boʻlsa ham masofaviy taʼlim tizimidan foydalansa boʻladimi? Uzoqdan keladiganlar uchun

    Reply this comment
  25. Sabrina
    #25 Sabrina 29 Noyabr, 2020, 23:34

    there wil be changes in2021 2022 study year maybe we can enter with interview or with the scholarship

    Reply this comment
  26. Omon
    #26 Omon 7 Dekabr, 2020, 17:44

    Assalom alekum imtihonlar qachon boshlanadi
    Jovob uchun oldindan rahmat

    Reply this comment
  27. Adham
    #27 Adham 14 Dekabr, 2020, 20:04

    Asalomu alaykum faqat qaysi fanlardan buladi malumot yuqmi man qiziqyapman uzim 2006 man da qiziqaman

    Reply this comment
  28. Omadbek Kholmuhammadov
    #28 Omadbek Kholmuhammadov 18 Mart, 2021, 21:08

    IELTS bali yo’qlar suhbat asosida qabul qilinadimi?
    qanday?

    Reply this comment
  29. Muhammadjon
    #29 Muhammadjon 20 Yanvar, 2022, 19:09

    Salom qabul 2-yarim yellikda yoki boshqa vaxtlarda bo’ladimi?

    Reply this comment
  30. G'ayrat
    #30 G'ayrat 18 Iyun, 2022, 12:59

    Assalomu alaykum grand100% mavjudmi ma’lumot bering.

    Reply this comment
  31. G'ayrat
    #31 G'ayrat 18 Iyun, 2022, 21:21

    Assalomu alaykum WEBSTERda 100% grand mavjudmi . Shu to’g’risida ma’lumot berib o’tishlaringizni iltimos qilib qolaman.

    Reply this comment
  32. Marvaridkhon
    #32 Marvaridkhon 19 Yanvar, 2023, 21:46

    I am currently an 11th grade student. I am graduating school with 5 grades and i have IELTS 5.5 I really wanted to study at this university. Can i enter if i submit it on webster?

    Reply this comment
  33. Madina
    #33 Madina 29 Yanvar, 2023, 18:32

    Does this university provide 100% scholarchip

    Reply this comment

Javobni bekor qilish uchun bosing.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

двенадцать + четырнадцать =