TOSHKENTDAGI VESTMINSTER XALQARO UNIVERSITETI YOZGI MAKTABGA QABUL BOSHLANGANINI E’LON QILMOQDA

04.03.2020

Toshkentdagi xalqaro oziq-ovqat siyosati ilmiy-tadqiqot instituti (IFPRI) va Vestminster xalqaro universiteti (WIUT) yosh iqtisodchi-tadqiqotchilarni mintaqaviy o’quv kursi (yozgi maktab)ga taklif qilmoqda.

Yozgi maktab 2020-yil 1-iyundan 12-iyungacha bo’lgan muddatda tashkil etiladi. Kursning maqsadi Markaziy Osiyoda, xususan, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekistonda yosh iqtisodchilarning miqdoriy tadqiqotlar, iqtisodiy siyosat tahlili, xususan, iqtisodiyot va tegishli ijtimoiy fanlar doirasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni ekonometrik tahlil qilish imkoniyatlarini yanada mustahkamlashdan iborat.

Yozgi maktab dasturining o’quvchilari:

  • Tadqiqot yo’nalishini aniqlash va uning savollarini ishlab chiqish;
  • empirik ma’lumotlarni tahlil qilish va mustahkam ekonometrik modellarni yaratish;
  • empirik tadqiqotlarda endogenlik va geterogenlik masalalarini hal etish;
  • empirik tadqiqot natijalarini tahlil qilish;
  • xalqaro jurnallarda tadqiqot doirasidagi materiallarni nashr qilish kabi imkoniyatlarga ega bo’ladilar.

Yozgi maktabga arizalarni yuborishning so’nggi muddati: 2020-yil 20-aprel.

Yozgi maktab haqida batafsil ma’lumot olish uchun havola: http://www.wiut.uz/component/k2/item/99-2020-summer-school-for-young-economists

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × 3 =