,,TUGAMAS USTUN” YOXUD KONSTANTIN BRANKUZI IJODIGA BIR NAZAR

24.02.2020

Bilamizki, bugungi kunga qadar davrlar mobaynida yuksak san’at sohiblari tomonidan ko’plab san’at durdonalari yaratilgan. San’at turlari ichida haykaltaroshlik o’ziga xos o’rin egallagan, ya’niki inson qo’li bilan yaratilgan har bir asar yuksak san’atning bir ko’rinishi sanaladi.

Ko’pdan buyon odamlar “haykaltaroshlar insonni, uning go’zalligini boshqa san’at turlaridan yaxshiroq sharaflaydi” deb  hisoblaganlar. Bunga kuni kecha O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan fotoko’rgazma misolida yana bir bor amin bo’ldik. Ko’rgazma  Ruminiyaning mashhur haykaltaroshlaridan biri Konstantin Brankuzining 144 yillik xotirasiga bag’ishlandi.

U 1876-yil 19-fevralda Ruminiyaning Hobita shahrida tavallud topgan. Erta yoshlaridan hayotning ko’plab og’ir sinovlarini boshidan kechirgan bu inson XX asrning eng mashhur  haykaltaroshlaridan biri bo’lish darajasiga erishgan. U asosan ijodida 1960-yillar va keyingi davrlardagi miniatyura san’at usullarini namoyon etuvchi tabiiy g’oyalarga asoslangan mavhum shakllardan foydalangan.

Fotoko’rgazma namoyishidagi  bir birini takrorlamas bu noyob asarlar bevosita insonni o’yga toldiradi. Bir qarashda anglash qiyin bo’lgan bu tasvirlarning har birida o’zgacha yashirin ma’no-mazmun aks etgan.

Jumladan, Brankuzi ijodining eng yetuk namunalaridan biri bo’lmish ,,Tugamas ustun” 1937-1938-yillarda yaratilgan bo’lib, u qariyb 30dan ziyod metal ustundan iborat. Bu nodir haykal birinchi jahon urushida qurbon bo’lgan Ruminiya askarlari xotirasiga bag’ishlangan. U go’yo osmon bilan yer o’rtasidagi bepoyon ko’prik timsolini aks ettiradi.

Bundan tashqari, uning 1914-yilda yaratilgan ,,Noqobil farzand», “Tirgu Jiuning monimental ansamblini tashkil etuvchi “, ,,Sokinlik stoli va  o’rindiqlar”, ,,Tugamas ustun» mavzusidagi asari, quyoshni muborakbod etayotgan ,, Xo’roz» tasviri, 1923-yilda marmardan ishlangan ,,Oq negr ayoli», ,,Uchar toshbaqa» singari asarlari ham o’zgacha joziba bilan yaratilgan.

Uning 1925-1927-yillarda yon’goq daraxtidan yaratilgan, «Nozik yosh ayol» — Nensi Nunrad siymosini ham bir qarashda anglab olish qiyin.

«Nozik yosh ayol» nomli haykal

Ruminiyaning Buxarest shahridagi Milliy san’at muzeyida saqlanadigan 1907-yilda yaratilgan asarini  «Yerning hikmati» deya nomlanganligi ham kishini o’yga soladi.

«Yerning hikmati» nomli haykal

Sayqallangan bronzadan ishlangan ,,Madmazel Pagani «, ,,Leda», ,, Ibodat» tasvirlari,  emandan ishlangan ,,Podsholar podshohi» va yana ,,Sehrgar ayol», ,,Uxlayotgan muza» kabi g’aroyib asarlari Ruminiya va Parij shaharlaridagi mashhur san’at muzeylarida munosib o’rin egallagan.

Brankuzi ijodidagi yana bir ,,Oltin qush» asari miniatyura san’atini rivojlantirishdagi g’aroyib ijod namunasi hisoblanadi.

Brankuzi asarlarini kuzatish orqali shuni angladimki, inson hayotida uchratgan har qanday aniq va mavhum jihatlarga o’zgacha nigoh bilan boqa olsagina, bu olamdagi hali bilib ulgurmagan sir-sinoatlarni anglay olishi mumkin ekan.

Zero, ko’rgazmadan bahramand bo’lgan boshqa tomoshabinlarda ham shu kabi o’zgacha bir taassurot qolgan bo’lsa ajab emas…

Maftuna SAMINOVA,
Xalqaro jurnalistika fakulteti,
I bosqich talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × one =