TURK DUNYOSI YOSHLAR MAKTABI-2022

20.05.2022

Turk dunyosi yoshlar maktabi-2022 ga ariza topshirish boshlandi!


Turk dunyosi yoshlar maktabi ilk bor 2021-yilda tashkil etilgan. Dastur Turk dunyosi universitetlari, institutlari va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda turk tilida olib boriladigan ta’lim dasturidir. Turk dunyosi yoshlar maktabi qardosh jamiyat aʼzosi boʻlgan universitet talabalariga oʻz mamlakatlari uchun kerak boʻlgan malakali insonlarni shakllantirish va oʻz mamlakatlarining Turkiya bilan har sohada aloqalarini rivojlantirishga hissa qoʻshishlarini maqsad qilgan. Bundan tashqari, talabalarning shaxsiy, madaniy, kasbiy va intellektual rivojlanishiga hissa qo’shish, Turk dunyosiga o’xshash fazilatlarga ega yoshlar bilan birlashish orqali ijtimoiy muhit yaratish va Turk dunyosi ichida harakatchanlik va muloqot maydonini o’rnatishni maqsad qilgan. 

Dastur doirasida o‘z sohasi bo‘yicha malakali talabalarga 1 oy davomida: tarix, xalqaro aloqalar, sotsiologiya, madaniyat, san’at va shaxsiy rivojlanish kabi ijtimoiy fanlar bo’yicha turk seminar ta’lim dasturlari o’tkaziladi.  Dasturda to’liq davomiylikni ko’rsatadigan kitob xulosasi/maqola yozish, seminarlarda faol ishtirok etish talab qilinadi. Talablarni bajargan eng muvaffaqiyatli ishtirokchilar Turkiyada tashkil etiladigan “Turk dunyosi yosh liderlar dasturi”da qatnashish huquqini qo‘lga kiritadilar.

Ariza shartlari:
-hozirda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekistondagi universitetda tahsil olayotgan,
-Turk dunyosining hozirgi va tarixiy rivojlanishi bilan qiziqqan;
 -01.01.1995-yil yoki undan keyin tug’ilgan;
-turk tilini yaxshi bilgan talabalar mazkur dasturda ishtirok etishlari mumkin.

Dastur 2022-yil iyun oyida boshlanishi va 1 oy ichida yakunlanishi rejalashtirilgan.
 Turk dunyosi yoshlar maktabida har bir hududdan 25 nafar  talaba ishtirok etadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one + three =