Ayni kunlarda SamDCHTI rektori Ilhomjon To’xtasinov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya oliygohlariga rasmiy tashriflarni amalga oshirmoqda.
Safarning birinchi kuni SamDCHTI rektori Ilhomjon To’xtasinov va Istanbul universiteti rektori Mahmut Aklar ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o’rtasida keng qamrovli hamkorlik munosabatlarini o’rnatish, jumladan, SamDCHTIda turk tili va adabiyotini o’qitishni rivojlantirish hamda xorijliklarga o’zbek tilini xorijiy til sifatida o’qitish bo’yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida o’zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.