TURKIYA MADANIYATI HAQIDA BIZ BILMAGAN 7 FAKT

15.03.2021

Turkiya  dunyo  qit’alarining tarixiy buyuk imperiyalari va zaminlar o’rtasidagi quruqlik ko’prigi, ulkan madaniyatlar to’qnashuvidan hosil bo’lgan mamlakatdir.

    Quyida Turkiya haqida biz bilmagan 7 fakt bilan tanishishingiz mumkin:

1. Dunyodagi eng qadimiy va eng yirik savdo markazlaridan biri — Kapali Chorshi Turkiyada joylashgan.

Istanbulning Buyuk bozori yoki Kapali Chorshining kelib chiqish tarixi 1455-yil Usmoniylar Konstantinopolni bosib olgan vaqtlarga borib taqaladi. Asrlar davomida u 3000 dan ortiq do’kon bilan o’ralib, 61 ta ko’chadan iborat tarzda shakllangan, hozirgi kunda deyarli  333000 kvadrat metrni egallagan ko’chalardan iborat. Siz hech qachon bu ko’chalarning oxiriga yetmaysiz, ammo bu qo’rquv odamlarni yangi joylarni kashf qilishdan to’xtata olmaydi.  Travel + Leisure sayti ma’lumotlariga ko’ra, 2014-yilda bu bozorga 91 milliondan ortiq odam tashrif buyurgan hamda Kapali Chorshi dunyoning eng birinchi diqqatga sazovor joyi deb topilgan.

2.  Turkcha noodatiy taom — “tavuk göğsü”  

Usmonlilarning belgisi  bu —turkcha “tavuk göğsü”  taomi hisoblanadi. Mazkur taom dolchin bilan qaynatilgan tovuq, sut va shakarning noodatiy aralashmasidan tarkib topgan bo’lib,  juda ham mazali desertlardan biri sanaladi.

3. Har 10 kunda o’simliklarning yangi turi kashf etiladi.

Bu Turkiya haqidagi eng hayratlanarli faktlardan biri bo’lishi mumkin: bu yerdagi 10 000 o’simlik va 80 000 hayvon turlari dunyodagi 35 bioxilma-xillikning asosini  tashkil qiladi. Turkiya — gullarni sevuvchilar uchun ham ajoyib joy.

4. Turkiya dunyodagi eng yirik yong’oq ishlab chiqaruvchi mamlakat

Turkiya  o’zining Turkish Delight yoki Turkish Coffee kabi mumtoz namunalari bilan tanilgan, shu bilan birgalikda, dunyodagi eng yirik funduk  (yong’oq) ishlab chiqaruvchi mamlakatdir. Turk funduklari dunyo ta’minotining taxminan 72,9 foizini tashkil qiladi va mamlakatning Sharqiy Qora dengiz mintaqasi bu qiymatning taxminan 60 foizini ishlab chiqaradi.

5. Turkiya metropoliteni dunyodagi ikkinchi eng qadimgi yer osti temir yo’lidir.

1875-yil 17-yanvarda Turkiyada  yer osti metrosi ishlay boshladi va London metrosidan keyin dunyodagi ikkinchi eng qadimgi yer osti temir yo’liga aylandi. Beyog’lu va Karako’y metro yo’nalishlari Yevropa qit’asidagi eng qadimgi metro bekatlaridir.

6. O’rta Yer dengizining asosiy dengiz toshbaqalari ko’payadigan plyajlaridan biri Turkiyada joylashgan.

Fethiyening yozgi sayyohlik markazi yaqinida joylashgan Iztuzu plyaji O’rta Yer dengizidagi toshbaqalarning ko’payishi uchun  eng muhim joylardan biri hisoblanadi. Yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan bu toshbaqalar har yili may-oktyabr oylari oralig’ida qo’riqlanadigan qirg’oqqa tuxum qo’yishadi.

7. Xristianlarning eng qadimiy cherkovlaridan biri Turkiyada joylashgan.

Xristian dinining eng qadimgi cherkovlaridan biri hozirgi Antakiyada joylashgan. Havoriy Pyotrning o’zi birinchi xristian cherkovi sifatida qurdirgan bu Antioxiyadagi g’or, keyinchalik salibchilar tomonidan go’zal tosh fasad bilan bezatilgan.

Matndagi rasmlar internetdan olindi.

Malika CHO’LLIYEVA tayyorladi
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × two =