Xavfsiz turizmni sertifikatlash dasturini yo‘lga qo‘ygan dunyodagi ilk davlatlardan biri bo‘lgan Turkiya 2021-yilgi yoz mavsumiga ham yuqori darajada hozirlik ko‘rmoqda. 2020-yilning iyun oyida boshlangan aeroportlaridan transport vositalariga qadar, turar joy muassasalaridan ovqatlanish joylarigagacha bo‘lgan sayyohlarga xizmat ko‘rsatgan barcha nuqtalarning global sog‘liqni saqlash xavfsizligi standartlariga mos kelishini belgilab beradigan xavfsiz turizm sertifikati, 2-yilini boshlar ekanmiz, hozirgacha jami 9 ming 800 dan ortiq obyekt va transport vositalariga berildi. Turkiya 2021-yildan boshlab mazkur sertifikatni 30 va undan ko‘p o‘rinli barcha tunash muassasalari uchun majburiy qildi. Turkiya, shuningdek, milliy emlash dasturi doirasida turizm xodimlariga ustuvorlik berib, yuqori xavfsizlik standartlari bilan 2021-yilning yoziga tayyor holga keldi.
Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mexmet Nuri Ersoy 21-23-may kunlari Antaliyada bo‘lib o‘tgan Turkiyadagi xorijiy missiya elchilari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda 2021-yil yozgi mavsumga tayyorgarlik haqida muhim ma’lumotlar berdi. Vazir Ersoy «Turkiya, 2020-yilning iyun oyida dunyoda xavfsiz turizm sertifikatini joriy qilgan ilk davlatlardan biri bo‘ldi. 2020- yilda o‘lkamizga 16 millilon sayyoh tashrif buyurdi. Ularning xavfsizligi va sog‘ligi biz uchun ortda qolgan yildagi eng ahamiyatli masala edi. Amalga oshirilgan xavfsiz, ta’sirli va tartibli dastur va chora-tadbirlar yordamida sertifikat dasturimiz ham o‘z sohasida dunyoning eng muvaffaqiyatli ishlari orasidan o‘rin egalladi, natijada mavsumni juda yaxshi o‘tkazdik. Avvalo, tunash muassasalarimizning 30 va undan ko‘p o‘rinlilari uchun sertifikat dasturini majburiy etib belgiladik, keyinroq esa sertifikat olgan tadbirkorlarimiz buni davom ettira olishlari uchun dastur doirasidagi nazoratni kuchaytirdik. Milliy emlash dasturimiz doirasida bugungi kunga qadar Turkiyaga fuqarolariga 27 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Turizm sohasi xodimlarimiz uchun birinchi o‘ringa qo‘ygan emlash dasturi iyun oyida yanada jadallashib boraveradi».
2021-yil Turkiya turizmida xavfsizlik yili bo‘ladi
Vazir Ersoy o‘z so‘zini «O‘tgan yili xavfsiz turizmda yetakchi rol o‘ynadik. 2021-yil esa emlash dasturi bilan yanada xavfsizroq yil bo‘ladi. Joriy yilda mamlakatimizning barcha burchaklarida soni 10 000 dan oshadigan Xalqaro sertifikatli turizm muassasalarimiz bilan 2021-yilgi yoz mavsumiga tayyormiz», — deya davom ettirdi.
Elchilar chora-tadbirlarni joyida sinab ko‘rdilar
Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda Turkiya turizmni targ‘ib qilish va rivojlantirish agentligi (TTRA) elchilarni Antaliyada tashkil etilgan «Xavfsiz turizm tadbiri» da mehmon qildilar. Turkiya Respublikasining Madaniyat va turizm vaziri Mexmet Nuri Ersoy tadbirda so‘zga chiqib, Turkiya tomonidan xavfsiz turizmda ko‘rilayotgan barcha chora-tadbirlarni mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlat vakillariga ham aynan o‘rgatishni maqsad qilganliklarini ta’kidladi.
Turkiya haqida
O‘rta yer dengizida joylashgan va mashhur Bosfor tomonidan ajratib turiladigan Osiyo va Yevropa qit’alarini bog‘lovchi Turkiya 2019-yilda 50 milliondan ortiq sayyohni kutib olgan noyob joydir. Har doim madaniy hamkorlik markazi bo‘lib kelgan, turli iqlimlarga ega mamlakat asrlar davomida sivilizatsiyalarning xilma-xilligini aks ettiruvchi tarixi, tabiati va mehmondo‘stligi bilan bugun ko‘p mehmonlarni ruhlantiradi. Madaniyatlar kesishgan nuqtada joylashgan Turkiya an’anaviy va zamonaviylikni o‘zida jamlagan san’at va modasiga ega bo‘lib, yuqori dinamikli xarid va o‘yin-kulgi markazlari bilan ham butun dunyodan mehmonlarni jalb qilib kelmoqda.
Turkiya haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun havola: https://www.goturkiye.com/
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.