TURKIYANING MARMARA UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
30.06.2022Bugun, 2022 yil 30 iyun’ kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ulug‘bek Azizov Turkiyaning Istanbul shahridagi Marmara universiteti rektori Mustafa Kurt bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim sahasida ko’p qirrali hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar. Jumladan, ikki universitet o‘rtasida akademik hamkorlikni tashkil qilish, talabalar va professor-o‘qituvchilar orasida akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish hamda kelajakda qo‘shma ta’lim dasturlarini ochish bo‘yicha mulohaza yuritdilar.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Turkiyaning Marmara universiteti o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.