TURKIYANING OʻZBEKISTONDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELCHISINING OʻzDJTUGA TASHRIFI

09.11.2018

8-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati va Turkiya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ahmed Bashar Shen oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Turkiya elchixonasining taʼlim va madaniy ishlar boʻyicha maslahatchisi Ali Eyyubkoja va OʻzDJTUning turk tili oʻqituvchilari hamda xalqaro boʻlim xodimlari ishtirok etdi.

OʻzDJTUda tashkil etilgan mazkur uchrashuvda tomonlar keng qamrovli hamkorlik masalalari boʻyicha, xususan, taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, hamkorlikda universitetda yangi oʻquv adabiyotlarni chop etish uchun nashriyot tashkil etish, Turkiya oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, talabalar, magistrlar, doktorantlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, Turkiyaning yetakchi OTMlaridan malakali oʻqituvchilarni qisqa va uzoq muddatli ishga taklif etish kabi masalalar borasida muhokamalar boʻlib oʻtdi.

Tashrif chogʻida elchi universitet axborot resurs markazi, oʻquv auditoriyalar, sinxron tarjima qilish xonalari hamda til markazlari bilan tanishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two + seventeen =