UMUMSHAHAR DIKTANT O’TKAZILADI

16.02.2022

Toshkent shahar hokimligida “Mahallada duv-duv gap” loyihasi doirasida 21 fevral – xalqaro ona tili kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan umumshahar diktantini o‘tkazish bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 16 fevral kuni Toshkent shahar hokimligida «Mahallada duv duv gap» loyihasi doirasida «21 fevral – Xalqaro ona tili kuni» munosabati bilan Toshkent shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi va bir qator oliy taʼlim muassasalari tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida onlayn diktant yozish tadbiri o‘tkaziladi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ham aholining yozma savodxonlik darajasini koʻtarish, o‘z ona tillarida yozish malakasini oshirishga qaratilgan o‘zbek, rus, ingliz, qoraqalpoq, qozoq va tojik tillarida onlayn diktant yozish tadbirlari tashkil etiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

14 + six =